Ulan-burgasi
Ulan-burgasi - Gʻarbiy Baykalorti (Buryatiya Respublikasi)dagi togʻ tizmasi. Jan.gʻarbdan shim.sharqqa choʻzilgan. Turka va Kurba daryolari oraligʻida. Uzunligi 200 km ga yaqin. Bal. 1400 —1800 m, eng baland joyi 2049 m (Xurxag togi). Granit jinslari yorib chiqqan qad. metamorfik jinslardan tashkil topgan. Togʻ etaklarida va jan. yon bagʻirlarida 700 — 800 m balandlikkacha togʻdasht oʻsimliklari, yuqorida tilogʻochli tayga, 1600 m dan yuqorisi qurumlar bilan qoplangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |