Uloq (echki)
Uloq — 6 oylikkacha boʻlgan echki bolasi. Echkichilikda uloq jun va tivit yoʻnalishida yaylovda onasidan ajratilmay, sut yoʻnalishida boʻlsa ajratib parvarish qilinadi (4 oylik boʻlgach, onalaridan, erkaklari urgʻochilaridan ajratiladi). Onasidan ajratib boqilanda 1 oylik U.larga bir kunda 4—5 soat oraliq bilan 4 marta (200—250 g dan), 3 oylik U.larga 3 marta (150 g.dan) sut ichiriladi. Shuningdek, U. 10 kunlik boʻlgach sutga qoʻshib 200 g, 2—3 oylik davrda 800 g pishirilgan suyuq suli atalasi beriladi. 3—4 haftalik U.lar oʻtlashga qoʻyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |