Ulugʻ Toshmuhammedovich Tursunov (1905.9.1, Qoʻqon 1971.20.6, Samarqand) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), professor (1958), filologiya fanlari nomzodi (1941).

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Fargʻona pedagogika texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik institutini (1930) tugatgan. Margʻilonda maktab oʻqituvchisi (1924 —25), Qoʻqonda bolalar uyi oʻquv boʻlimi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 yillarda bir paytning oʻzida Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo universitetida oʻqituvchi va Tojik agropedagogika instituti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 yillarda Oʻzbekiston madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida sektor mudiri, 1934 — 36 yillarda Til va adabiyot institutida direktor urinbosari va sektor mudiri, 1936 — 71 yillarda Samarqand universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri.

T.ning ilmiy asarlari oʻzbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, oʻzbek tilining ilmiynazariy, amaliy va metodik masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar

tahrir
  • Uzbekchada feʼllarning yasalishi, T., 1930; Oʻzbek terminologiyasi masalalari, T., 1933; Hozirgi zamon oʻzbek tili [Morfologiya] (hammualliflikda), T., 1960; Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazikov (v soavtorstve), Samarqand, 1962; Oʻzbek tili leksikasining baʼzi masalalari (hammualliflikda), Samarqand, 1971; Oʻzbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Hozirgi oʻzbek adabiytili [Leksikologiya, Morfologiya], 3nashri, T., 1992.