Ulugʻ kun

oʻzbek yozuvchisi Iboxon qalamiga mansub qissa

Ulugʻ kun“ — oʻzbek yozuvchisi Iboxon qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1959-yil Toshkent shahrida „Oʻzadabiynashr“ nashriyotida chop etilgan[1], 1982-yil „Yosh gvardiya“ nashriyotida qayta chop etilgan[2].

Ulugʻ kun
Muallif(lar) Iboxon
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Nashriyot „Oʻzadabiynashr“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1959
Sahifalar soni 78

Asarda Ikkinchi jahon urushi yillari davomida ota-onasidan ajralgan bolalar hayoti haqida hikoya qilinadi. „Ulugʻ kun“ sovet davrida oʻzbek tilidagi bolalar adabiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan[3] Iboxonning eng taniqli asarlaridan biri boʻlib[manba kerak], „Oʻzbek tilining izohli lugʻati“da asardan bir necha iqtibos keltirilgan[4].

Syujeti

tahrir

Bosh qahramonlar Hasan va Zuhraning otasi urushga chaqiriladi va bolalarini qoʻshni ayol Qumri xolaga topshiradi. Otalarining iltimosiga koʻra, Qumri xola bolalarni maxsus hunar maktabiga yuboradi.

Maktab direktori va boshqalar ularni juda yaxshi kutib oladi. Zuhra oʻzi xohlaganday elektroobmotka sexida, Hasan esa slesar-remontchilik boʻlimida ishlashni boshlaydi. Lekin Hasan mashinist boʻlishni xohlagandi. Hasanning istagini bilgan oʻqituvchilari uch yilda slesarlikni tamomlagandan keyin, mashinistlarni hozirlovchi maxsus maktabga yuborishga vaʼda berishadi.

Uch yildan soʻng Zuhra oʻzi xohlaganday elektrik boʻlib yetishadi. Hasan esa mashinistlikni oʻrganish uchun maxsus oʻqishga yuboriladi. Oradan yillar oʻtib, Hasan ham mashinist boʻlib yetishadi. Oʻqituvchilari Hasan va Zuhradan juda mamnun boʻlishadi. Hasan va Zuhra otalari xohlaganday yaxshi hunar egalari boʻlib yetishishadi.

Qahramonlari

tahrir
  • Hasan – ota-onasidan yetim qolgan oʻsmir; bosh qahramon
  • Zuhra – Hasanning singlisi; bosh qahramon
  • Qumri xola – qoʻshni ayol
  • Gorbunov – maxsus hunar maktabi direktori
  • Kuznetsov – maktab bosh masteri
  • Tursunov – komsorg (komsomol tashkilotchisi)
  • Omonov – bosh tarbiyachi
  • Yoʻldosh – Hasanning doʻsti

Manbalar

tahrir
  1. „Бадиий адабиёт“ (PDF). Китоб летописи. № 10–12. Тошкент. 1963. 61-bet. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Velikiy den“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  3. Jumaboyev, Mamasoli. Bolalar adabiyoti va folklor. Toshkent: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006 — 39-bet. Qaraldi: 28-iyul 2024-yil. 
  4. „“O‘zbek amaliy tilshunosligi va lingvodidaktikasi masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari“. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (20-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 28-iyul 2024-yil.