Ulugʻbek Azizov

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori.

Ulugʻbek Azizov Botirovich — sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti sobiq rektori.

Ulugʻbek Azizov Botirovich
Tavalludi 1979-yil
Kasbi Rektor

Taʼlimi

tahrir

Ulugʻbek Azizov 2000-yil Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bakalavriat bosqichini tamomlagan. 2009-yilda esa Yaponiyaning Sukuba universiteti magistratura bosqichini tugatgan. 2015-yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishini yoqlagan[1].

Faoliyati

tahrir

Oʻtgan yillar davomida OʻzDJTUda oʻqituvchi va dekan oʻrinbosari, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Amerika ishlari boʻlimi uchinchi kotibi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. Ulugʻbek Azizov 2016-yildan 2020-yilgacha OʻzDJTU huzuridagi chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori — prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2020-yilning avgust oyidan boshlab Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlangan[2]. 2022-yilning 29-dekabr sanasida rektor lavozimidan Vazirlar Mahkamasi qarori asosida ozod etilgan[3].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir