Ulugʻbek Dolimov
Ulugʻbek Dolimov — (1939-yil, 5-noyabr, Toshkent shahri) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1971), dotsent, pedagogika fanlari doktori (2008).
Faoliyati
tahrirToshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan (1962). Andijon viloyatidagi 20-maktab internatida oʻqituvchi (1963—1965), pedagogika bilim yurtida oʻqituvchi (1965—1970), universitetning oʻzbek filologiyasi fakulteti oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi (1970), oʻzbek mumtoz adabiyoti, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedralari dotsenti (1980), tayyorlov boʻlimi qoshidagi gumanitar fanlar kafedrasi mudiri (1989—1993), milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti (1993-yildan).
Asarlari
tahrirUlugʻbek Dolimovning „Maʼrifat dargʻalari“ (1990), „Isʼhoqxon Ibrat“ (1994), „Turkiston jadid maktablari“ (2006), „Milliy uygʻonish pedagogikasi“ (2012), „Ahli irfon“ (2015) kitoblari chop etilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 276-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |