Ulugʻbek Mustafoyev

oʻzbekistonlik futbolchi

Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev (1968-yil 14-avgust, Jizzax viloyati) — oʻzbek davlat arbobi, moliyachi. 2024-yil 19-dekabrdan Jizzax viloyati hokimi[1].

Ulugʻbek Mustafoyev
Jizzax viloyati hokimi
Mansab davri
2024-yil 19-dekabrdan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ergash Soliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-avgust 1968-yil (1968-08-14) (56 yosh)
Jizzax

Biografiyasi

tahrir

1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1992-yildan 2003-yilgacha „Sanoatqurilishbank“ Jizzax viloyat filialida mutaxassis, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi.

2003-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boshqarmasi katta iqtisodchisi, pul muomalasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2010-yildan 2016-yilgacha Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari bo'lgan.

2016–2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2017-yil iyunida „Oʻzbekenergo“ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan. 2019-yil martida mazkur tashkilot isloh qilinib, oʻrnida „Issiqlik elektr stansiyalari“, „Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ hamda „Hududiy elektr tarmoqlari“ tashkil etilgan.

2024-yil 19-dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi[2].

Manbalar

tahrir