Ulugʻbek xazinasi

oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman

"Ulugʻbek xazinasi" – oʻzbek yozuvchisi Odil Yoqubov qalamiga mansub roman. Asarda temuriylar hukmronligi va olim Mirzo Ulugʻbek shaxsiy hayoti, fojiaviy qismati, shogirdi Ali Qushchi hamda Qalandar Qarnoqiy qay tarzda Mirzo Ulugʻbek kitoblarini saqlab qolishgani kabi voqealar yoritilgan. Asar Yoqubovning eng sara asari hamda oʻzbek adabiyotidagi eng muhim romanlarning biri hisoblanadi.

Ulugʻbek xazinasi
Muallif(lar) Odil Yoqubov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 432

Roman ilk marotaba 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻn marotabadan oshiq, jumladan, 1980-,[1] 1986- (Yoqubovning uch jildli tanlangan asarlar toʻplamida)[2] va 1994-yillarda qayta nashr qilingan. Shuningdek, roman bir necha tilga tarjima qilingan. 1976-yil romanning Yu. Surovsev muallif bilan hamkorlikda oʻgirgan ruscha tarjimasi Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan[3]. Ayni tarjima 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida qayta chop etilgan[4]. Ruscha tarjima, shuningdek, 1981-[5] 1982-[6] yillarda „Progress“ nashriyotida chop etilgan. Bundan tashqari, ruscha tarjimasi 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida Yoqubovning povestlari bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan[7].

K. Seydxanov romanni rus tilidan qozoq tiliga tarjima qilgan, qozoqcha tarjimasi 1983-yil Olmaota shahrida „Jazushi“ nashriyotida chop etilgan[8]. Ayni yilda Toshkent shahrida „Raduga“ nashriyotida romanning rus tilidan hind tiliga oʻgirilgan tarjimasi chop etilgan[9]. 1984-yil Riga sharida „Liyesma“ nashriyotida A. Rudzgor oʻzbek tilidan oʻgirgan latischa tarjimasi chop etilgan[10]. 1987-yil Vilnyus sharida „Mintis“ nashriyotida romanning G. Kobeskayte oʻzbek tilidan oʻgirgan litvacha tarjimasi chop etilgan[11].

Manbalar

tahrir
  1. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  2. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  3. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  4. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  5. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  6. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  7. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  8. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  9. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  10. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
  11. „Ulugʻbek xazinasi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.

Havolalar

tahrir