Ulugʻnor kanali - Andijon viloyatidagi Ulugʻnor — Baliqchi — Mazgil kanallar tarkibiga kiruvchi yirik sugʻorish inshooti. Katta Fargʻona kanalining Kuyganyor suv olish toʻgʻonidan 3,3 km quyidan suv oladi. Uzunligi 44,7 km, bosh qismidagi suv sarfi 35 m³/sek. Oltinkoʻl qishlogʻi yaqinida Asaka tashlama kanali bilan kesishadi. Kanalning 11 km uzunlikdagi yuqori qismidan suv Asaka tashlamasiga tashlanadi, bu suv quyiroqda toʻsqich yordamida toʻsilib, taqsimlashrostlagich inshooti orqali kanalga qayta olinadi. Ulugʻnor kanalida yana 8 ta yirik: 20 km da Qoʻshkoʻpir, 35 km da Urmonbek, 45 km da umumiy suv sarfi 8m³/sek boʻlgan shim. va jan. tarmoklar va boshqa inshootlar bor. Qoʻshkoʻpir inshootidan Qoradaryo va Zambarkoʻl kollektori oraligʻidagi yerlarni sugʻorish uchun Mazgil kanaliga, undan esa Oʻrmonbek tarmogʻiga suv olinadi. Ulugʻnor kanali Qoradaryoning chap sohilida 40 ming ga atrofidagi ekinzorni sugʻorish imkoniga ega.