Ulugʻbek Abdumajitovich Alimov (1989-yil 6-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachisi, jahon chempionati sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Ulugʻbek Abdumajitovich Alimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 6-aprel 1989-yil (1989-04-06) (35 yosh)
Chinoz tumani,Toshkent viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Medallar
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Vrotslav 2013 77kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Inchxon 2014 77kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Pxyontxek 2012 77kg gacha

Tarjimai hol

tahrir

1989-yil 6-aprelda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tugʻilgan. Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida bolaligidan jiddiy  shugʻullana boshlagan. Respublika chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlish bilan birga, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi boʻlgan. 2008-yilda Janubiy Koreyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi, 2009-yil Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi, 2013-yilda jahon chempionatida uchinchi, 2014-yilgi Osiyo chempionatida uchinchi oʻrindan joy egallaydi.

Mukofotlar

tahrir
  • 2001-yilda Toshkent viloyati chempionatida 38 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi
  • 2002-yilda Toshkent viloyati ochiq chempionatida 42 kg gacha boʻlgan  1-oʻrinni qoʻlga kiritdi
  • 2003-yilda Toshkent viloyati chempionatida  42 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni oldi
  • 2005-yilda 1989-1990-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha 51 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin sohibi boʻldi
  • 2007-yilda Universiadaning mintaqaviy finalida 69 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa munosib deb topildi
  • 2008-yilda Oʻzbekiston kubogi boʻyicha  77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrin nasib qildi
  • 2008-yilda Oʻzbekiston ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻringa loyiq deb topildi
  • 2008-yilda Oʻzbekiston chempionati 1988-yilda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida 77 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi
  • 2009-yilda Osiyo chempionati BAA Dubayda 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin oldi
  • 2011-yilda Oʻzbekiston ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin nasib qildi
  • 2012-yilda Oʻzbekiston chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
  • 2012-yilda Moʻgʻuliston Ulan-Batordagi   Osiyo kubogi va klublararo ogʻir atletika chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa loyiq boʻldi.
  • 2012-yilda Koreya Peongtayekdagi    Osiyo chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻringa egalik qildi
  • 2013-yilda  MHSQ ochiq chempionatida 77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻringa sazovor boʻldi
  • 2013-yilda Oʻzbekiston chempionatida  77 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi
  • 2013-yilda Vrotslavdagi (Polsha) Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi
  • 2013-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoniga sazovor boʻlgan
  • 2014-yilda Oʻzbekiston kubogi boʻyicha 94 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 1-oʻrinni oldi
  • 2014-yilda Ostonadagi (Qozogʻiston) jahon chempionatida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻringa munosib koʻrildi
  • 2017-yilda Ashxoboddagi (Turkmaniston)  yopiq maydonlardagi Osiyo oʻyinlarida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi
  • 2017-yilda Bakudagi (Ozarbayjon) Osiyo birdamlik oʻyinlarida 85 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 2-oʻrin berildi

Havolalar

tahrir