Ulugʻbek Narimanovich Hamroyev (1970-yil 17-mart) — rus va oʻzbek kinooperatori.

Ulugʻbek Narimanovich Hamroyev
Tavalludi 17-mart 1970-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston Rossiya
Kasbi kinooperator, aktyor
Faoliyat yillari 1982dan
Veb-sayt www.khamraev.com

Tarjimai hol tahrir

Ulugʻbek Hamroyev merosxoʻr kinooperator, SSSR xalq artisti Razzoq Hamroyevning nabirasi. 1980-yillarda Ulugʻbek “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida bolalar filmlarida rol oʻynashni boshladi[1].

Ulugʻbek maktabni bitirgach, S.A.Gerasimov nomidagi Butunittifoq davlat kinematografiya istitutini kinooperator fakultetiga oʻqishga kiradi. Soʻng u “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida operator boʻlib ishlagan. Hamroyev reklama roliklari, kliplar va bir qancha badiiy filmlarga rejissorlik qilgan, jumladan, Yusuf Roziqovning “Notiq” filmi 70 ta kinofestivalda namoyish etilgan va bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan. 90-yillarning oxirida u Gollivudda amaliyot oʻtab kelgan[2]. Hamroyev Rossiyada ilk ishini rejissor Timur Bekmambetov bilan operatorlikdan boshlagan. 2000-yilda rejissor Bekmambetovning "Gladiatriks" toʻliq metrajli filmini suratga oldi. Bu Rossiyada Rojer Korman tomonidan ishlab chiqarilgan Amerika loyihasi edi.

2000-yillarning boshlarida Ulugʻbek Londondan Moskvaga koʻchib oʻtdi. Reklama va kliplar, badiiy filmlar va seriallarni suratga ola boshladi.

2015-yil mart oyida u Kino va televideniye produserlari assosiasiyasining telekino sohasida “Major” seriali uchun “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominasiyasi boʻyicha mukofot bilan taqdirlangan[3].

2017-yilda Ulugʻbek Hamroyev Kino va televideniye produserlari assosiasiyasi tomonidan ikkita loyiha: “Major-2” va  “Klim” teleseriali “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun” mukofot oldi.

2018-yilda u Kino va televideniye produserlari assosiasiyasining "Troskiy" teleseriali, shuningdek, "Vatan tongi" festivalida “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun” mukofotga sazovor boʻldi.

Mukofot va sovrinlar

2015-yil "Major" seriali "Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti

2017-yil "Klim" seriali KvaTPA "Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" mukofoti

2018-yil "Troskiy" seriali "Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti

2018-yil "Troskiy" seriali, "Vatan tongi" festivali "Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti

Filmografiyasi tahrir

• 1993-yil — Xavf yoqasida

• 1994-yil — Muhabbat qoʻshigʻi

• 1995-yil — hammayoq oppoq qor bilan qoplangan

• 1998-yil — Yagona xotira

• 1999-yil — Notiq

• 2001-yil — Gladiatriks

• 2004-yil — Amfibiya odam. Dengiz devi

• 2006-yil — Alvon osmon

• 2007-yil — Eng yaxshi film

• 2009-yil — Inkor etilgan roʻyo

• 2010-yil — Chempion uchun beva

• 2011-yil — Eng yaxshi film 3-DE

• 2013-yil — Toki tirik ekanman

• 2014-yil — uchuvchilar uchun

• 2014-yil — Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi

• 2014-yil — Major ("Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti)

• 2015-yil — Klim ("Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti)

• 2015-yil — Margarita Nazarova

• 2015-yil — dadam bilan nonushta

• 2016-yil — Uyni barcha noqulayliklar bilan oling

• 2016-yil — Major (2-mavsum)

• 2017-yil — Troskiy ("Eng yaxshi operatorlik ishi uchun" KvaTPA mukofoti)

• 2018-yil — Koʻprik

• 2018-yil – Major(3-fasl)

• 2019-yil — Qarama-qarshilik

• 2020-yil — Belgrad mehmonxonasi

• 2021-yil — Major (badiiy film)

• 2021-yil — oʻrta chiziqda vampirlar

• 2022-yil Yana qayta Assalomu alaykum!

• 2022-yil — Oʻgʻil (teleserial)

• 2022-yil — Ilya Muromes

Aktyorlik ishi tahrir

• 1982-yil — Noma’lum beshlik - Toyloq

• 1983-yil — Burilish 107-yoʻriqnoma bilan 

• 1983-yil — Akmalning yangi sarguzashtlari - Komil

• 1984-yil — Kundalik, maktub va birinchi sinf oʻquvchisi - Mirvali

Manbalar tahrir

  1. „Улугбек Хамраев: «Не люблю слово „Почти“…»“. capricecafedefemme.com (2017-yil 27-mart). 2017-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  2. „Бек Хамраев, оператор. Интервью“. reelsource.ru (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.
  3. „«Физрук» и «Мажор» стали самыми успешными сериалами 2014 года“ (ru). ТАСС (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2015-yil 20-mart.

Havolalar tahrir