Ulusbegi — ulus hokimi. 13 — 18-asrlarda Oʻrta Osiyoda U. oʻz ulusida oddiy hukmdor nomidan ish yurgizgan. U. lavozimiga, odatda, xonning qarindosh urugʻlari tayinlangan. U. oliy hukmdorning har xil topshiriqlarini bajargan, urush paytida safarga xukmdor bilan birga otlangan.