Ulyanovskdagi Urush bolalariga yodgorlik

Ulyanovskdagi Urush bolalariga yodgorlik — Ulyanovskdagi Ulugʻ Vatan urushi qurbonlari boʻlgan, urush bolaligidan mahrum qilgan bolalarga atalgan yodgorlik.

Tarixi tahrir

Yodgorlik Gʻalabaning 30-yilligi maydoni hududida oʻrnatilgan. Muallif Moskva viloyati, Jukovskiy shahridan boʻlgan haykaltarosh Mariya Galas edi. Yodgorlik haykaltaroshlik kompozitsiyasi koʻrinishida yaratilgan boʻlib, unda qoʻlida tugun tutgan qiz va chanasida shox-shabba ortilgan bola tasvirlangan. Haykallar bronzadan quyilgan.

Bronza kompozitsiyasi Gʻalabaning 30-yilligi[1] maydonidagi haykaltaroshlik ansambliga qoʻshimcha boʻlib, „Pioner qahramonlar xiyoboni“ deb nomlangan. Yodgorlik Ulyanovsk viloyati faxriylar kengashi va gubernatorning koʻmagi bilan oʻrnatilgan[2]. 2015-yil 28-apreldagi yodgorlikning tantanali ochilishida koʻplab Ulyanovsk aholisi va shahar mehmonlari, shuningdek, Ulyanovsk viloyati gubernatori Sergey Morozov va Rossiya Federatsiyasi Prezident huzuridagi Bolalar huquqlari boʻyicha vakil Pavel Astaxov ishtirok etdilar[3].

Tavsifi tahrir

Yodgorlikning ilk nusxasida qiz qoʻlida qisqich, bola esa chelak tutgan edi. Ammo bu mavzu faqat Leningrad qamalidan omon qolganlar uchun tushunarli boʻlar edi: aholi yondiruvchi bombalarni qisqichlarda olib, ularni suvda oʻchirish uchun foydalanishgan. Loyihani muhokama qilgandan soʻng, haykaltarosh qisqichlarni mushuk bilan almashtirdi (ular Leningradda ocharchilik paytida deyarli yoʻq qilingan) va shu shaklda loyiha maʼqullandi. Biroq, yangi shubha paydo boʻldi — odamlar buni bolalar mushukni chelakda choʻktirishga qaror qilishgan deya tushunishmasmikan? Keyin Mariya Galas yana bir bor yodgorlikni oʻzgartirdi va uni internetda ommaviy muhokamaga qoʻydi. Natijada, yodgorlik haqiqiy koʻrinishga ega boʻldi — qoʻlida tugunchali qiz va uning yonida chana bilan uyga oʻtin olib ketayotgan bola[4]. Toʻq rangli granitdan yasalgan poydevor ustida "Urush bolalariga bagʻishlangan"[5] yozuvi bor.

Manbalar tahrir

  1. „Памятник Детям войны (Ульяновск)“. 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  2. „Памятник Детям войны“. 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  3. „В Ульяновске открыли памятник Дети войны“. 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  4. „Манипуляции с памятником“. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  5. „Памятник "Детям войны посвящается".“ (ru). 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.

Havolalar tahrir