Zinoviy Markovich Umanskiy (1906.28.1, Litin sh., Ukraina — 1985, Toshkent) — provizor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967); farmatsevtika fanlari doktori (1948). Vinnitsa farmatsevtika institutini tugatgan (1929). Kiyev farmatsevtika instituti aspiranta, ayni vaqtda shu institut analitik kimyo kafedrasida assistent, anorganik kimyo kafedrasida dotsent (1932—35). Dnepropetrovsk farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasida dotsent (1936—39), Leningrad kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot institutining analitika boʻlimi rahbari (1939—41). 1941-yildan Toshkent farmatsevtika instituti dorilar texnologiyasi va galen preparatlari kafedrasining tashkilotchisi va mudiri hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti farmatsevtika kafedrasi mudiri (1959—66). Ilmiy ishlari tibbiyotfarmatsevtika sanoati mahsulotlarining texnik sharoiti va farmakopeya standartlarini oʻrganishga oid.