Hayoti

tahrir

Umida Abduazimova - (1953-yil tug‘ilgan) shoira. Toshkent shahar Yunusobod tumani ''Bobodehqon'' mahallasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Toshkent davlat universitetining (O‘zMU) jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘qishni bitirgach, O‘zbekiston televideniyesi adabiy ko‘rsatuvlar muharririyatida ishlagan. 1990-95-yillarda ''Ma‘rifat'' gazetasida bo‘lim bosh muharriri va Bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida xizmat qildi. 1995-yildan buyon ''Tong yulduzi'' gazetasida Bosh muharrir lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Asarlari

tahrir

''Sevinchim''

''Seni ko‘rgim kelaveradi''

''Arazlamang''

''Salom, hayot''

''Qadimiy qo‘shiq''

''Oydin orzular''

''Umrim ziynati''

''Oymoma bog‘''

Mukofotlari

tahrir

''O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi'' unvoni

''Shuhrat'' medali