Umida Abdullaeva (1997-yil 12-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik taekvondochi. U 2017-yili Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida o'tkazilgan 62 kilogramm vazn toifasidagi musobaqada kumush medalni qoʻlga kiritdi.[1]

Umida Abdullayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi O'zbekiston
Tavallud sanasi 12-iyul 1997-yil (25 yoshda)
Sport
Qaysi sport Taekwondo va qoʻl jangi
Faol tomoni O'zbekiston vakili
Medallar

Islom birdamlik o'yinlari: Kumush medal – 2-o'rin 2017 Baku 62 kg

Taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati: Oltin medal – 1-o'rin 2014 Toshkent 73 kg

Yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari: Kumush medal – 2-o'rin 2014 Nanjing +63 kg

Qizlar oʻrtasida o'tkazilgan  2014-yil Xitoyning Nankin shahrida bo'lib o'tgan yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarda +63 kg bellashuvda kumush medalni qoʻlga kiritgan.[2][3] Shu yili 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.[4] Mazkur musobaqada u ilk uchrashuvni qozogʻistonlik Feruza Yergeshovaga qarshi kurashadi, navbatdagi bahsda kambodjalik Sorn Seavmeyga qarshi bahsda esa mag'lubiyatga uchraydi.[4]

Bundan tashqari, 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Yopiq inshootlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan.

Manbalar tahrir

  1. „World champion Yaman grabs gold in Baku“. 2017 Islamic Solidarity Games (18-may 2017-yil). 22-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.
  2. „Taekwondo Results Book“. 2014 Summer Youth Olympics. 7-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2020-yil.
  3. „USA, France Grab 1 Gold Medal Each on Final Day of Taekwondo Competition at 2014 Nanjing Youth Olympic Games“. The Seoul Times (21-avgust 2014-yil). 8-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2020-yil.
  4. 4,0 4,1 „Women's 73 kg“. MasTKD. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2020-yil.