Umirzakov Baltoxodja Yermatovich
Baltoxodja Yermatovich Umirzakov (1948-yil 25-oktyabr, Toshkent viloyati) — oʻzbekistonlik fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1993), professor.
Baltoxodja Yermatovich Umirzakov | |
---|---|
Tavalludi |
25-oktyabr 1948-yil Toshkent viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | nanotexnologiya, yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirUmirzakov Baltoxodja Yermatovich 25 oktyabr 1948 yilda Toshkent viloyati O’rta – Chirchiq tumanida tavallud topgan. 1966 yilda 38 – o’rta maktabni medal bilan tugatgan. 1966 – 1973 yillarda Toshkent politexnika institutining “Irjenerlik fizika” fakultetida tahsil olib, elektron texnika muhandisi ixtisosligini olgan. 1971 – 1973 yillarda O’rta Osiyo neftni qayta ishlash ilmiy tekshirish institutida katta injener lavozimida ishlagan. 1973 – 1977 yillarda “Amaliy va nazariy fizika” kafedrasida muhandis, 1978 – 4980 yillarda aspirant, 1981 – 1993 yillarda assistent, dotsent lavozimlarida ishlagan. 1993 – 2005 yillarda “Elektron texnika materiallari fizikasi va texnologiyasi” kafedrasining mudiri, 2004 – 2005 yillarda “Elektronika va avtomatika” fakultetining dekani, 2006 – 2013 yillarda “Nanotexnologiya” kafedrasi mudiri, 2013 yil sentyabrdan hozirgi paytgacha “Umumiy fizika” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda. 1982 yilda fizika – matematika fanlari bo’yicha nomzodlik, 1993 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Oilasi
tahrirBaltoxodja Yermatovich Umirzakovning ikki oʻgʻil va ikki qizi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirB.E.Umirzakov fizik-elektronika va nanotexnologiya sohalarida dunyo miqyosidagi taniqli olim. Uning rahbarligida Respublikada birinchi bo’lib nanotexnologiya va nanoelektronika sohasida ilmiy maktab (2000 yil) va ToshDTUda yangi ta’lim yo’nalishi (2006 yil) tashkil qilingan. Shu yo’nalishda u 7 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodi (shundan, 4 ta falsafa doktori) va 50 dan ortiq magistrlar tayyorlagan. 800 ga yaqin ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan 12 ta monografiya (uchtasi xorijda), 2 ta darslik va 20 ta o’quv qo’llanmalar chop etgan. 120 dan ortiq maqolalari chet elning nufuzli xalqaro indeksatsiyaga ega jurnallarida e’lon qilingan, 100 ga yaqin xalqaro konferentsiyalarda ma’ruzalar qilingan, 10 ta patent olingan. B.E. Umirzakov 2 ta chet el jurnallarining tahririyat a’zosi hamda 4 ta xalqaro konferentsiya tashkiliy qo’mitasining doimiy a’zosi hisoblanadi. U 2002-2003 yillarda Amerika xalqaro biografiya instituti tanlovida g’olib bo’lib, “Yilning yaxshi olimi” unvoniga ega bo’lgan va oltin medalga tavsiya qilingan. Uning qisqacha ilmiy biografiyasi «Xalqaro biografik katalog»ning 11-nashriga kiritildi. 2018 yilda esa halqaro bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi- SCOPUSning diplomini oldi. 2019 yilda “Mexnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. U ko’p yillar davomida doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha ixtisoslashgan kengash va O’zR OAK ning ekspert kengashi a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U va uning shogirdlari bir necha marta Deutsche Forschungs – gemeinschaft (DFG, Germaniya), International Atomic Energy grant (IAEA), O’zbekiston – Belorussiya, O’zbekiston – Hindiston xalqaro grantlar g’olibi bo’lishgan. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari Germaniya, Rossiya, Frantsiya, Finlandiya, Belorussiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston kabi dunyoning rivojlangan davlatlarida ilmiy ma’ruzalar qilingan. B.E. Umirzakov rahbarligida 22 ta davlat byudjeti asosidagi ilmiy loyihalar va xo’jalik shartnomalari bajarilgan va bajarilib kelinmoqda, 2 ta xorijiy loyihalarda ishtirok etmoqda. O’zbekiston elektronika sanoati uchun opto- va nanoelektronika qurilmalarining elementlar bazasini yaratishda, ultra katta integral sxemalar, jumladan quyosh energetikasi uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan ilmiy natijalar qisman “Foton” AJ, “Proton” IIB, Koson DMKK, “Gujumsoy” JKBDK hamda Respuplika ITI ilmiy tadqiqotlar olib borishda, ilmiy kadrlar tayyorlash o’quv kurslarida qo’llanilib kelinmoqda.
Unvon va mukofotlari
tahrir- „Mehnat shuxrati“ ordeni (2019)
- „Do'stlik“ ordeni (2022).
Manbalar
tahrir- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named:0