Ummu Isʼhoq binti Talha ibn Ubaydulloh
Ummu Isʼhoq binti Talha ibn Ubaydulloh (arabcha: أم إسحاق بنت طَلحَة بن عُبَيد الله) – Talha ibn Ubaydullohning qizi, Hasan ibn Alining xotinlaridan biri. Hasanning oʻlimidan keyin uning ukasi Husayn ibn Aliga turmushga chiqqan.
Shaxsiy maʼlumotlar | |
---|---|
Dini | Islom |
Turmush oʻrtoq(lar)i |
|
Farzandlari |
|
Ota-onasi |
|
Ummu Is’hoq Talha ibn Ubaydullohning qizi boʻlib, Qurayshning eng goʻzal ayollari qatorida edi[1].
Ummu Is’hoq Hasan ibn Alining xotini edi. Hasan oʻldirilganidan keyin uning ukasi Husayn ibn Aliga turmushga chiqqan[2]. Husayn oʻldirilgandan keyin esa Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Abu Bakr bilan oila qurgan. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Ummu Is’hoq Abdullohdan oldin Tammom ibn al-Abbos ibn Abdulmuttalibning nikohida boʻlgan[3].
Bolalari
tahrirUmmu Is’hoqning Hasan ibn Alidan Husayn (al-Atrom nomi bilan mashhur edi), Talha ibn Hasan va Fotima binti Hasan ismli uch nafar farzandi boʻlgan[4].
Shuningdek, Husayn ibn Alidan Fotima al-Kubro ismli[5], Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurahmon ibn Abu Bakrdan esa Omina ismli qizi boʻlgan[6].