United Airlines — Amerika aviakompaniyasi, Qoʻshma Shtatlardagi va dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri. 2010-yil 1-oktyabrda rasman yakunlangan va Continental Airlines bilan birlashgandan soʻng United Airlines dunyodagi eng yirik aviatashuvchiga aylandi[1]. Aviakompaniyasi, shuningdek, Star Alliance asoschilaridan biri. Mintaqaviy xizmat United Express savdo belgisi ostida mustaqil tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

77 West Wacker Drive, United Airlines bosh qarorgohi Chikago Loop

Tarix tahrir

Aviakompaniya 1926-yilda „Boing Air Transport“ nomi bilan tashkil etilgan. United Airlines aviakompaniyasi yoʻlovchilarga tijorat reyslarida ovqatlanishni taklif qilgan birinchi aviakompaniya boʻldi, buning uchun ham dunyoda birinchi marta oʻz samolyotida styuardessa lavozimini joriy qildi. Birinchi styuardessa Ellen Cherch edi.

Aviakompaniya, shuningdek, samolyoti terakt qurboni boʻlgan dunyoda birinchi boʻldi. 1933-yil 11-oktyabrda Boeing 247 samolyoti havoda portladi va Indiana shtatiga quladi. Samolyot bortidagi 7 kishining barchasi halok bo‘lgan. Tergov shuni aniqladiki, halokat samolyot bagajida bo‘lgan bomba oqibati bo‘lgan. Hodisa sabablari va aybdorlari aniqlanmagan.

Shuni etib o‘tish kerakki, 2018-yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, aviakompaniya 86 ming kishini ish bilan taʼminlagan va 757 ta samolyotdan foydalanilgan[2][3]. Shuningdek, United Airlines Osiyo-tinch okeani mintaqasida keng ishtirok etadigan yirik ichki va xalqaro marshrutlar tarmog'ini boshqaradi.

Flot tahrir

2021-yil iyul oyida United Airlines floti quyidagi samolyotlardan iborat edi:[4][5]

Samolyot Ishda Buyurtma qilingan C-biznes klassi, W-premium iqtisod klassi, Y-iqtisod klassi
Airbus A319-100 94 11 C12Y114
Airbus A320 96 C12Y138
Boeing 737-700 53 7 C12Y114
Boeing 737-800 141 C16 Y150
Boeing 737 MAX 10 11
Boeing 757-200 40 C16Y153
Boeing 757-300 21 C24Y189
Boeing 767-300 38 C30Y184

C46W22Y99

Boeing 767-400 16 C39Y203
Boeing 777-200 74 C50W24Y202, C28Y336, F8C40Y221, C32Y330, C50Y217, C28Y336
Boeing 777-300ER 22 C60W24Y266
Boeing 787-8 Dreamliner 12 C28W21Y194
Boeing 787-9 38 C48Y204, C48W21Y188
Boeing 787-10 21 --- C44W21Y253
Jami 862 29 Oʻrtacha yoshi 16,4 yil

Mileage Plus tahrir

Mileage Plus — United Airlines kompaniyasining 1981-yildan beri mavjud boʻlgan joriy bonus dasturi. Bu Advantage dasturidan bir hafta oʻtib ishga tushirilgan dunyodagi ikkinchi dastur.

Manbalar tahrir