Universiada — jahon talabalarining sport musobaqalari. 1924-yil taʼsis etilgan. Xalqaro universitet sporti federatsiyasi — FISY (1949-yil tashkil etilgan) tomonidan uyushtirilib, 1960-yildan toq yillarda yozgi, juft yillarda esa qishki oʻyinlar oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda "Talaba" sport uyushmasi tashkil qiladigan ommaviy musobaqa.