John B. Watson
(Uotson Jon Brodesdan yoʻnaltirildi)
John B. Watson (talaffuzi: Jon B. Uotson; 1878.9.1, AQShning Grinvill shahri — 1958.25.9, Nyu York) — amerikalik psixolog, bixeviorizm asoschisi. Baltimordagi John Hopkins universiteti professor (1908—20-yill). Uotsonning hayvonlar ustidagi tadqiqotlari asosida vujudga kelgan konsepsiya introspektiv psixologiya metodlariga taʼsir etish natijasidir. Watson psixologiyani obyektiv eksperimental metodlardan foydalanuvchi tabiiy fanlardan biri sifatida ifodalashga urindi. Butun psixologik faoliyatni Watson xulqatvor sifatida talqin qildi. Watson fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi bilim, malaka, koʻnikma hosil qilish jarayonini oʻrganishdan iborat. Watson hatto tafakkurni yashirin harakatlantiruvchi faoliyat deb bayon qilishga intildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |