Upa idishi — upani saqlash uchun idish. Upa idishlari sumkada olib yurishga mos (ixcham) va tualet (stol) uchun moʻljallangan turlarga boʻlinadi.

Oynali ixcham upa idishi

Ixcham upa idishi ayollar sumkasida olib yurish uchun moʻljallangan, u yumaloq, oval, kvadrat yoki toʻrtburchak shakllarda boʻlishi mumkin va oshiq-moshiqdagi qulfcha bilan yopiladigan ikkita tabaqachadan iborat boʻladi. Bir tabaqachaga upali gardish, ikkinchisiga — oyna joylashtiriladi. Ichiga upa surtish uchun momiq qoʻyiladi. Ixcham upa idishlar turli xil materiallardan, jumladan, plastmassa, organik shisha, selluloid, metallar (jez va kumush) va charmdan tayyorlanadi. Upa idishining qopqogʻi koʻpincha qadama naqsh, oʻyma naqsh va emal bilan bezatiladi[1].

Stol upa idishi koʻpincha qopqoqli dumaloq bankacha shaklida boʻladi. Odatda u pardoz stolida turadi. Stol upa idishlari ham ixcham upa idishlari tayyorlanadigan materiallardan, shuningdek, billur va chinnidan ishlab chiqariladi.

Manbalar tahrir

  1. Товарный словарь 1959.

Adabiyotlar tahrir

  • Pudrenitsi // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1959. — T. VII. — Stb. 1959 — 563 s.