Uran sanoati uran qazib olishning barcha bosqichlarini, jumladan, konlarni qidirish, ularni oʻzlashtirish va rudani boyitishni qamrab oladi. Uranni reaktor yoqilgʻisiga qayta ishlashni uran sanoatining tabiiy tarmogʻi sifatida koʻrish mumkin.

Tabiatda tarkibida urani bor 150 dan ortiq mineral bor. Yirik uran rudasi konlari Rossiyada, Chexiya va Slovakiyada, XXR, AQSH, Kanada, JAR, Avstraliya, Fransiya, Gabon va Zoirda joylashgan. 1 kg uran 2 ,5 ming tonna koʻmir yonganda beradigan miqdorda issiqlik beradi. Uran miqdori rudaning tarkibida juda kam boʻlganligi uchun uran sanoati asosan xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi.