„Rus tilining izohli lugʻati“ – rus tilidagi asosiy izohli lugʻatlaridan biri boʻlib, 1935-1940-yillarda professor D. N. Ushakov tahriri ostida toʻrt tomda nashr etilgan. Ushbu lugʻat 90 000 dan ortiq yozuvlarni oʻz ichiga oladi va keng oʻquvchilar auditoriyasi uchun moʻljallangan.

Tarixi tahrir

1930-yillarda sovet jamiyatida inqilobiy qoʻzgʻolonlar ta’sirida yuzaga kelgan til elementlarini sayqallash, birlashtirish va standartlashtirishga ehtiyoj paydo boʻldi. Shu munosabat bilan „oʻquvchiga leksik, grammatik va talaffuz me’yorlarini oʻzlashtirishga yordam beradigan qoʻllanma“ yaratish orqali „rus adabiy tili me’yorlarini barqarorlashtirish“ boʻyicha davlat buyurtmasi e’lon qilindi[1]. V. I. Lenin avvalroq tilshunoslikda shunga oʻxshash islohot zarurligi haqida ta’kidlab: „(Pushkindan tortib Gorkiy ijodini qamrab oluvchi) yangi imlo asosida yaratilgan, namunali, zamonaviy qisqacha izohli lugʻat“ (masalan, „Petit Larousse“ kabi) yaratish taklifini bildirgan[1].

Toʻrt tomlik „Rus tilining izohli lugʻati“ ni yaratish boʻyicha ishlar D. N. Ushakov rahbarligida 1934-yildan 1940-yilgacha olib borildi. Uni tuzishda V. V. Vinogradov, G. О. Vinokur, B. А. Larin, S. I. Оjegov, B. V. Тоmаshaevskiy[1].kabi taniqli olimlar ishtirok etgan. Yangi lugʻat 20-asrning dastlabki oʻttiz yilligidagi rus tilining rivojlanishini tavsiflashda muhim boʻshliqni toʻldirdi. D. N. Ushakov lugʻat ustida ish boshlashiga qadar, tilshunoslik, jumladan dialektologiya, orfografiya, orfoepiya, leksikografiya va rus tili tarixiga oid asarlari bilan mashhur edi.

Filologiya fanlari doktori К. S. Gorbachevichning fikriga koʻra, „lugʻat tuzuvchilari rus leksikografiyasining boy an’analariga asoslanib, lugʻatni tanlashning oqilona tamoyillari, soʻzlarni aniqlash usullarini ishlab chiqganlar. Muayyan soʻzni turli nutqiy vaziyatlarda qoʻllash muvofiqligini toʻgʻri aniqlash maqsadida stilistik belgilarning keng tizimini joriy qilingan.“[1]

Lugʻat tarkibi tahrir

Bosh muharrirlar: B. М. Volin, D. N. Ushakov; Tahrirchi: D. N. Ushakov Nashriyot: „Sovetskaya ensiklopediya“ Davlat instituti (Моskva)[2].

  • 1-Тоm : А — Кyurini. — 1935. — 1562 ustun.
  • 2-Тоm: L — Оyalovet. — 1938. — 1040 ustun.
  • 3-Тоm: P — Ryashka. — 1939. — 1424 ustun.
  • 4-Тоm: S — Yashurniy. — 1940. — 1500 ustun.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Горбачевич К. С. Современная нормативная лексикография. // «Вестник АН СССР». — 1982. — 1. — С. 77−86.
  2. Библиографические данные // РГБ

Havolalar tahrir