Osman Afandi Valizoda (ozarbayjoncha: Osman Əfəndi Vəlizadə; 1847-yilda vafot etgan) – 1842—1847/1850-yillarda Kavkaz musulmonlarining ikkinchi muftiysi[1].

Biografiyasi tahrir

Qazax uyezdi Birinji Shixli qishlogʻida atoqli ozarbayjon shoiri Molla Veli Vidadi[1] oilasida tugʻilgan. Anʼanaviy Sharq ilmlari va rus tilini puxta egallab, yoshligidan Qazax, Borchali va Tbilisi tumanlarida hurmatli olim va ustoz sifatida tanilgan[2].

Muftiy Tojuddin Mustafin ishdan boʻshagach, 1842-yilda general Golovin taklifiga koʻra Kavkazning 2-muftiysi[3] etib tayinlanadi.

1847-yil dekabrda Tbilisida birinchi shia madrasasi ochilgandan soʻng muftiy Usmon afandi 1848-yilda gubernator Voronsov oldiga xuddi shunday nizomga ega sunniy madrasasini ochish masalasini koʻtardi. 1849-yilda maktabning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi[2]. Talabalar oʻqish toʻlovidan ozod qilindi[4].

1850-yilda vafot etgan. Uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad afandi Muftizoda taxtga oʻtirdi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Dadaş Mammedov. „Osman Əfəndi Vəlizadə“ (az). www.wiki-data.az-az.nina.az (2021-yil 9-noyabr). 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  2. 2,0 2,1 mia.az. „Qazax qəzasının sayılıb - seçilən müftiləri: Molla Vəli Vidadi... - ARAŞDIRMA“ (az). mia.az. 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  3. modern.az. „Şeyxülislam titulu verilmir...“ (az). modern.az. 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  4. „Qafqazın üç müftisinin dərdinə həmdərd yox - FOTO“ (az). Milli.Az (2014-yil 2-may). 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.