Usmon I

Usmonli imperiyasining asoschisi va uning birinchi hukmdori (1299-1324)
(Usmon G`oziydan yoʻnaltirildi)

Usmon I, Usmon Gʻoziy, Usmonbey (1258, Sogʻut; Eskishahar yaqinida – 1323/24, Bursa) – turk sultoni (1299—1323), Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk davlatining asoschisi.

Harbiy sarkarda va urugʻ boshligʻi oilasida tugʻilgan. Otasidan harbiy ishni puxta oʻrgangan. 1281-yilda otasi Ertugʻruldan saljuqiylarning Koʻniya sultonligida qarashli shimoli-gʻarbiy chegara hududidagi mulkga ega boʻldi. Bu paytda Koʻniya sultonligi tanazzulga uchrab, bir necha bekliklarga boʻlingan edi. 1289-yili Usmon I ning bey (bek) (arabcha: amir) unvoni Koʻniya sultoni tomonidan eʼtirof etilib, unga hokimiyat ramzi – nogʻora va bunchuk berilgan. 1291-yilda Usmon I Melangiyani zabt etgan va poytaxt (qarorgoh)ni bu yerga koʻchirgan.

1299-yildan U. I mustaqil beklik (beylik) hukmdori. Aynan ushbu yildan yangi mustaqil turkiy davlat tashkil topganligi tarixchilar tomonidan eʼtirof qilinadi. Keyinchalik bu beylik oʻz asoschisining nomi bilan Usmon beyligi (bekligi), Usmonlilar davlati deb atalgan. Usmonli turk imperiyasi xam shu nomdan olingan. Usmon I yunonlardan Yor Hisor qalʼasini ham tortib olgan (1299). Usmon I gʻarbda – Vizantiya imperiyasi yerlarini zabt etish evaziga oʻz davlati hududini tobora kengaytirib borgan. Bursani qamal qilib, uning atroflarini egallagan. U. I va uning vorisi (oʻgli) – Oʻrhan turkiy qabilalar boshliqlarining qurultoyida beklarbegi (bey) – hukmdorlik unvoniga sazovor boʻlgan. U. I davrida oʻgʻuz turklarining qay urugʻi, keyinchalik Usmonli turk sultonligidagi xalklar usmonlilar deb atalgan. U. I Bursada dafn etilgan. Undan 2 oʻgʻil: Alouddin va Oʻrhan qolgan.Afsonalarga ko'ra Usmon Gazi 1326-yil,bursaning fath xabarini eshitib vafot etadi.Ba'zi manbalarda 1ta,ba'zi manbalarda 2ta ayoli bor deb taxmin qilinadi.Kurulus Osman filmida uning roliga Burak Ozchivit qatnashgan.U tuzgan davlat 1922 yil Yosh turklarning Sulton Abdulhamidni taxtdan tushirgani sabab qulaydi

Adabiyotlar

tahrir
  • Erop Gungoʻr, Tarixda turkiy davlatlar, T., 2003; Novichev A. D., Tursiya, Kratkaya istoriya, M., 1965.

Havolalar

tahrir