Usmon Yusupov uy-muzeyi
Usmon Yusupov uy-muzeyi – adabiy memorial muzey. 1974-yil 24-iyunda Oʻzbekiston KP Markaziy qoʻmitasi va ministrlar kengashining „Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining filiali Usmon Yusupov uy-muzeyini tashkil etish“ toʻgʻrisidagi №-300 qoʻshma qaroriga asosan tashkil etilgan[3]. 1978-yil 11-dekabrida hukumat qarorlariga binoan Usmon Yusupov uy-muzeyi Xalqlar doʻstligi muzeyi balansiga berilgan.
Usmon Yusupov uy-muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1974-yil 24-iyun |
Joylashuvi | Toshkent viloyati, Yangiyoʻl shahri, Bogʻ hovli koʻchasi, 6-uy[1] |
Keluvchilar soni | 12 mingga yaqin (2018)[2] |
Koordinatalari | 41°07′20″N 69°03′24″W / 41.122141°N 69.056745°W |
Direktor | Sayyora Mamadaliyeva (2018)[2] |
Turi | Uy-muzeyi |
1992-yil 13-yanvarda Xalqlar doʻstligi muzeyi tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 10-son qaroriga asosan Usmon Yusupov uy-muzeyi mustaqilligi belgilangan va Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligining 1992-yil 10-martdagi 75-son buyrugʻi bilan 1992-yil 1-aprelidan Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga olingan[manba kerak].
1975-yil 1-martda uy-muzeyning tantanali ochilish marosimi boʻlgan.
2018-yilda muzeyga 12 mingga yaqin odam tashrif buyurgan[2]
2020-yilning fevral oyida rekonstruksiya qilingan[3].
Tuzilishi
tahrirUy-muzey Yangiyoʻl shaxrining markaziga joylashgan. Umumiy maydoni – 8434,95 km2 Uy-muzey ikkita binodan iborat: 1-bino memorial uy. Bu qismda Usmon Yusupovning shaxsiy buyumlari, kitoblari, kiyimlari, maishiy va etnogrfik buyumlar saqlanadi.
2-bino – ekspozitsiya koʻrgazma zali, majlislar zali, xoʻjalik mollari saqlanadigan xona, xodimlar ishlaydigan xona va isitgich tarmogʻi saqlanadigan xonalardan iborat. Bu qismda Usmon Yusupovning hayoti va faoliyatini yorituvchi fotosuratlar, hujjatlar, xatlar, rasmlar, kichik haykallar va buyumlar saqlanadi.
Muzey fondi
tahrirMuzey ekspozitsiyasi asosiy va yordamchi fondlardan iborat. Asosiy fondda 4283 ta va ilmiy-yordamchi fondda 287 ta eksponat mavjud.
Faoliyati
tahrirUy-muzey ish faoliyati davomida turli bayramlarga atab koʻrgazmalar tashkil qiladi. Har oyda ikki marta maktab, kollej oʻquvchilari bilan turli mavzularga bagʻishlangan suhbat, maʼruza va uchrashuvlar tashkil qilinadi. Bu tadbirlar maktab va kollejlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladi. Muzeyga oʻzbekistonliklardan tashqari Mongoliya, Shri-Lanka, Pokiston, Kanada davlatlaridan ham mehmonlar tashrif buyurgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „USMON YUSUPOV MEMORIAL UY-MUZEYI“. orginfo.uz. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Usmon Yusupov uy-muzeyi faqat yangiyo‘lliklarga xizmat ko‘rsatadimi?“ (24-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Urush yillari O‘zbekistonga rahbarlik qilgan Usmon Yusupovning uy-muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda“. 24-fevral 2020-yil. Qaraldi: 6-iyul 2024-yil.