Usmon ibn Umar Qatavoniy
Usmon ibn Umar Qatavoniy — (XI—XII asrlar) muhaddis. Toʻliq ismi Abu Umar Usmon ibn Umar ibn Husayn ibn Ali ibn Amr Qatavoniy Samarqandiy.
Hayoti va faoliyati
tahrirUsmon ibn Umar Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan boʻlib, dastlabki ilmlarini shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqandga keladi va shu yerda muqim qolib yashay boshlaydi. Muhaddis Usmon ibn Umar Qatavoniy Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad Samarqandiy kabi olimlardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirUsmon ibn Umar Qatavoniy hijriy 514-yil (milodiy 1120-yilda) Samarqandda vafot etgan. Oʻsha yerdagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[1].
Adabiyotlar
tahrirAtayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 510-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |