Usmonov Mirvohid (1946.9.5, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). Toshkent politexnika institutining meʼmorlik ftini tugatgai (1972). Us t a Maxmud Usmonovning oʻgʻli, sulola davomchisi. U ijodiy faoliyatini Navoiy teatri binosining ichki bezaklarini taʼmirlashdan boshlagan (1966); Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Toshkent metropolitenining "Buyuk ipak yoʻli" va "Amir Temur" bekatlarini hamda Toshkent, Andijon, Samarkand, Buxoro, Termiz sh.laridagi yirik maʼmuriy binolarni bezatishda mualliflik ishlarini bajargan. Xorijiy mamlakatlarda ham yirik binolardagi bezaklarni oʻzbek amaliy bezak sanʼati anʼanalarida bajargan (mas, Malayziyadagi yirik muzey binosi).