Usmonxon Qalandarov— 1881-yili tug‘ilgan, Qoradaryo rayoni Oqqo‘rg‘on qishloq soveti Oqqo‘rg‘on qishlog‘idan, o‘zbek, imom, eshonning o‘g‘li, hibsga olingunga qadar imom. Qoradaryo rayonidagi mavjud bo‘lgan millatchi, aksilinqilobiy, isyonchi guruhning faol aʼzosi sifatida shu guruhning topshirig‘i bo‘yicha aholi orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchi, troskiychilik targ‘ibotini olib borganlikda, troskizm har holda g‘alabaga erishadi va sovet hokimiyati fashist mamlakatlarning, xususan Germaniyaning harbiy qudrati bilan ag‘dariladi deb tashviqot qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 139-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.