Usoma Ibn Munqiz (1095.24.6, Shayzar sh. chasi, Suriya shim. — 1188, Damashq) — arab yozuvchisi, tarixchi, sarkarda. Turli xrkim va amirlarning xizmatida boʻlib, hayotining koʻp kismi jangu jadallar, sarguzashtlarda kechgan.

Usoma Ibn Munqiz M. ning "Kitob ulmavoqif valmasokin" ("Manzillar va maskanlar kitobi", 1182) esdaliklari mashhur. Ushbu kitobning yagona qoʻlyozmasi 1880-yilda Eskurial (Ispaniya) kutubxonasidan topilgan. Oʻzbek tilida "Ibratli kitob" (1980) nomi bilan nashr etilgan. Salib yurishlari haqida yaratilgan koʻplab tarixiy va adabiy asarlarning mualliflari Yevropa tarixchi va yozuvchilari boʻlgan va ular bu jarayonni oʻz qarashlari va manfaatlariga muvofiq holda yoritganlar. "Ibratli kitob" esa salib yurishlarining bevosita shohidi boʻlgan arab yozuvchisi qalamiga mansubdir. Usoma Ibn Munqiz M. ning ushbu kitobi qiziqarli badiiyavtobiografik asar boʻlish bilan birga muhim tarixiy manba ham hisoblanadi: unda 12-asrda yashagan arablarning turmush tarzi, oʻrta asr arab sharqining hayoti, arablarning salibchilarga munosabati aks ettirilgan.

Turli manbalarda U.i M. ning sheʼriy devoni va "Ibratli kitob" dan tashqari 10 ga yaqin asari borligi qayd etilgan. Lekin bizgacha ulardan faqat 2 tasi yetib kelgan. Birinchi asari sheʼriy uslub haqida boʻlib, unda badiiy sanʼatlar tavsiflangan. Ikkinchi asari "Kitob ul ukkoz" ("Hassalar haqida kitob") deb atalib, unda Iso paygʻambar (as) aso (hassa) sidan boshlab, hamma afsonaviy, moʻʼjizakor hassalar haqidagi rivoyatlar va Usoma Ibn MunqizM. qarigan chogʻida tutgan hassasi haqida hikoya qilingan.