Ussuri
Ussuri — Rossiya Federatsiyasi Primorye va Xabarovsk oʻlkalarining Xitoy bilan boʻlgan chegarasidagi dare. Amurning oʻng irmogi. SixoteAlin toglaridan boshlanadigan Ulaxe va Daubixe daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi 588 km. Ulaxe daryosi bilan birga 897 km. Havzasining maydoni 193 ming km3. Yomgʻir, qor va yer osti suvlaridan tuyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyi oqimida 1150 m³/sek., eng koʻp suv sarfi — 10520 m³/sek. Baliq koʻp. Quyilish joyidan 622 km masofada kema qatnaydi. Yuqori oqimida Lesozavodsk shahrigacha yogʻoch oqiziladi. U.ning quyilish joyida Xabarovsk sh. joylashgan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |