Usta Kamol hoji masjidi — Namangan shahar, Margʻilon mahallasi, Oʻzbekiston koʻchasi 9-uyda joylashgan masjid. Masjidning umumiy yer maydoni 8,3 sotixni tashkil etadi[1][2].

Masjid
Usta Kamol hoji masjidi
Shahar Namangan
Manzil Margʻilon mahalla, O'zbekiston koʻchasi, 9-uy
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Homiylar Rasulov Moʻydinsho, Xamrohoʻja Eshon, Muminov Abdubaqqol
Soʻngi imom Abdulbositxon Yusupov
Umumiy maydoni 8.3
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Tarixi

tahrir

Masjidning oʻrni muqaddam 1880-yillarda „Mulla Qirgʻizboy ota“ tomonidan barpo etilgan boʻlib, 1917-yilga qadar faoliyatini davom ettirgan. 1920-yillardagi inqilobdan keyin qarovsiz qolgan masjidni Rasulov Mo'ydinsho aka qayta taʻmirlagan, bunga Xamrohoʻja Eshon ota va Muminov Abdubaqqol otalar yordam berishgan. 1924-yildan 1943-yilga qadar bu yerda turli xil millatlarga mansub fuqarolar yashagan. 1943-yilda hamma masjidlar qatori yana oʻz faoliyatini boshlagan. Bu vaqtlarda Abdullo qori ota imom xatib, Baxri hoji ota muazzin boʻlganlar. 1946-yildan 1990-yilgacha yana koʻp millatli fuqarolarga yashash uchun joy qilib berilgan. 1991-yil Oʻzbekiston mustaqilligi sharofati bilan masjid yana mahalla namozxonlari talabiga binoan, shahar hokimining 1991-yil 28-noyabrdagi 468/13-sonli qaroriga asosan qayta taʻmirlash uchun olib berilib, qaytadan hashar yoʻli bilan masjid binosini yangi zamonaviy usulda qurildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1993-yil 24-sentyabrda 282-sonli guvohnoma bilan diniy tashkilot nizomiga asosan roʻyxatga olinib, mahalla tashabbuskorlari talabiga binoan „Usta Kamol hoji“ masjidi deb nomlandi. 1998-yil Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi-diniy tashkilotlar“ amaldagi qonunlari asosida viloyat hokimligining 31-iyundagi 48-sonli guvohnomasiga ega boʻlib, qayta roʻyxatdan oʻtkazildi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 14-avgust kuni 35-sonli guvohnomasi berildi. „Usta Kamol hoji“ Mulla Yoʻldoshboy ota hunarmand oilasida Namangan shahrida 1896-yilda tug'ilgan. Ota-onasidan yosh qolib, yoshlik chogʻlarida Maxdum Eshon domlalardan tahsil olganlar. Kasbi sartaroshlik boʻlib, Abdul Qodir oqsoqol ustadan hunar oʻrgangan. Usta Kamol hoji oʻtkir zehnli xushmuomalali kishi boʻlib, xalq orasida ulamolarni doʻst tutib tanilgan va koʻpgina shogirdlar qoldirgan. Usta Kamol hoji 1960-yilda 5-mayda vafot etgan. Masjidda 1992-yildan 1998-yilgacha Mulla Tursunboy hoji ota imomlik qilgan. 1998-yildan masjidning imom xatibi Namangan shahar „Mulla Qirgʻiz“ madrasasini bitirgan, maʻlumoti oʻrta maxsus boʻlib, Abdulqodir qori nabirasi Abdulbositxon Yusupov Sobirjon hoji oʻgʻli davom ettirmoqda. Masjid, asosan, Xanafiy masxabiga amal qiladi va O'zbekiston Musulmonlari diniy idorasiga boʻysunadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Уста Камол хожи жоме масжиди“. masjid.uz. Islom.uz. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  2. „Usta Kamol hoji masjidi“. Yandex.ru. Yandex. Qaraldi: 17-may 2024-yil.
  3. „VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Adolat. Qaraldi: 17-may 2024-yil.