Usul ad-DIN
Usul ad-DIN (arab. — din asoslari, islom asoslari) — islom shariati va dindan olingan eʼtiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asosiy hisoblanib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu istiloqni birinchi boʻlib Abul Hasan alAshʼariy ishlatgan. U oʻz kitobini "AlIbona an usul addiyona" deb nomlagan. Abul Qoxir alBagʻdodiy alAshʼariy (1037-yilv.e.) "Usul addin", alLolkoiy (1026-yilv.e.) "Usul usSunna" kitobini yozgan. Aqoid masalalari dinning asli boʻlgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, oʻziga ham katta eʼtibor berilgan. Musulmonlar uchun Usul ad-DINd.ni oʻrganish katta ahamiyatga ega boʻlgan, uni bilmagan odamning ibodati ham durust boʻlmasligi hammaga uqtirilgan. Hozirgi paytda, "Usul ad-DINd." istilohi kam qoʻllanadi, uning oʻrniga "aqoid" soʻzi ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
USUL ad-DIN
tahrirBirinchi, Tavhid usuli. Alloh taoloni yagona bilish va bu e'tiqodda mustahkam turish.
Ikkinchi, Adl usuli. Dunyoviy ishlarda va shariat ahkomlarida doimo toʻgʻri yoʻlda turmoq, doimo rost soʻzlamoq.
Uchinchi, Amomat usuli. Din va dunyo ishlari bir kelib qolganda avval diniy ishlarni bajarmoq.
Toʻrtinchi, Nubuvvat usuli. Paygʻambarimiz Muhammad mustafo va ul zotdan avval oʻtgan barcha anbiyo va paygʻambarlarga iqror boʻlmoq.
Beshinchi, Amru ma'ruf usuli. Alloh taolo Muhammad ummatiga amr etgan (farzu sunnat qilgan) narsalarga amal qilmoq.
Oltinchi, Nahyi munkar usuli. Alloh taolo man qilgan ishlardan saqlanish.
Yettinchi, Tavallo usuli. Allohning doʻstlarini doʻst tutmoq. Paygʻambarlar, sahobalar, Haq yoʻldagi e'tiqodi sof, iymoni mukammal boʻlgan barcha ulamolar, namoz va roʻzasini qazo qilmovchi, Uning amriga itoat etuvchi kishilar Allohning doʻstlaridir.
Sakkizinchi, Tabarro usuli. Alloh taoloning dushmanlarini dushman tutmoq.
==