Ute Bock (1942-yil 27-iyun – 2018-yil 19-yanvar)[1][2] avstriyalik oʻqituvchi boʻlib, boshpana izlovchilarga yordam berishga qaratilgan loyihalari bilan ommaga tanilgan.

Ute Bock
Tavalludi 27-iyun 1942-yil
Vafoti 27-iyun 1942-yil(1942-06-27)
(-76 yoshda)
Vena, Avstriya
Fuqaroligi  Avstriya
Kasbi oʻqituvchi

Biografiyasi tahrir

Bock Linsda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Vena munitsipalitetiga ishga kirish uchun ariza beradi va oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlaydi. 1962-yildan 1969-yilgacha Venadagi maktabda ishlagan. Keyin Venaning Favoriten tumanidagi Zohmanngasse yoshlar markazida ish boshlagan va 1976-yilda markazga direktor etib tayinlangan[3]. 1990-yillarning boshlarida yoshlarni himoya qilish idorasi kelib chiqishi migrantlarga boeib taqaladigan yoshlarni va boshqa maktablar tomonidan qaytarilgan Ute Bock koʻproq markaziga joʻnatadi. Oʻsha paytdan Bock boshpana izlovchilar uchun faollik va insonparvarlik yordami bilan shugʻullana boshlagan[3][4].

1999-yilda uning markazida oʻtkazilgan reyd paytida 30 ga yaqin afrikalik yosh munozarali „Bahor operatsiyasi“ ostida giyohvand moddalar savdosida gumonlanib hibsga olingan. Ute Bockning oʻzi ham banditizm va giyohvand moddalar savdosida ayblangan. Bu uning vaqtinchalik ishdan chetlatilishiga olib kelgan. Keyinchalik ayblovlar olib tashlangan, ammo unga boshqa afrikalik boshpana izlovchilarni markazda joylashtirish taqiqlanadi. Keyin u oʻzini oʻzi moliyalashtirgan va nazorat qilgan xususiy turar-joy jamoalarini tashkil qilgan[5].

2000-yilda nafaqaga chiqadi, lekin oʻz loyihasi ustida ishlashni davom ettiradi. 2002-yilda oʻzining Flüchtlingsprojekt Ute Boc k nodavlat tashkilotiga asos solgan[6]. 350 dan ortiq boshpana izlovchilar Ute Bockning tashkillashtirilgan kvartiralarida qoʻnim topadilar. Yana 1000 boshpanasizning pochta manzili uning NNT manzilida joylashtirilgan. Oʻz mijozlariga yuridik maslahat ham bergan.

NNT xayriyalarga tayanadi[7]. Vena shahrida Bock auf Bier kampaniyasi boshlangan, unda boshpana izlovchilar uchun Bockning uy-joy loyihalariga pivo narxining kichik foizi berilgan. Bock auf Bier – bu pivo ichishni xohlashning jarangli ifodasidir, ammo Bock Beer - maxsus kuchli pivoni anglatadi.

2012-yilda prezident Hienz Fischer uni Avstriyaning eng oliy milliy faxriy mukofoti – „Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy ordeni bilan taqdirlagan[8].

2013-yil dekabr oyida insultga chalinadi bu faoliyatiga taʼsir qiladi, bu esa NNTni moliyaviy qiyinchiliklar olib kelgan. Ijara toʻlay olmagan baʼzi boshpana izlovchilar turar joyini oʻzgartirishga majbur boʻlganlar. Xayr-ehsonlar jonlanishi uchun 2014-yilda qayta ishlay boshlagan[9]. 2018-yilda Vena shahrida 75 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

Bock ijtimoiy harakatlari uchun bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan[10]:

  • 1999-yil: axloqiy jasorati uchun Zivilcourage mukofoti
  • 2000-yil: UNHCR -Qochqinlar mukofoti
  • 2002-yil: Bruno Kreyskiy mukofoti
  • 2003-yil: Karl Renner mukofoti va Greinecker Seniorenpreis
  • 2005-yil: „Global tinchlikparvar ayollar 2007“ loyihasi uchun tanlangan beshta avstriyalik ayollardan biri
  • 2007-yil: Xalqaro inson mukofoti [11]
  • 2012-yil: Avstriya Respublikasiga xizmatlari uchun faxriy yorliq

Manbalar tahrir

  1. „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  2. „Ute Bock ist gestorben“ (de). kurier.at (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  4. „Ute Bock ist gestorben“ (de). kurier.at (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  5. „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  6. „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  7. „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  8. „Ute Bock ist gestorben“ (de). kurier.at (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  9. „Ute Bock ist gestorben“ (de). kurier.at (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  10. „Bock, Ute“ (de). Austria-Forum. Qaraldi: 2019-yil 4-avgust.
  11. 1. Weltmenschpreis 2007

Havolalar tahrir