Uxnaagiyn Xurelsux
Uxnaagiyn Xurelsux (moʻgʻ.: Ухнаагийн Хүрэлсүх; 1968-yil 14-iyun, Ulan-Bator, Mongoliya Xalq Respublikasida tugʻilgan) — moʻgʻul davlat va siyosat arbobi. 2021-yil 25-iyundan Mongoliya prezidenti[1][2]. 2017-yil 21-noyabrdan Mongoliya Xalq partiyasi (MXP) Markaziy qoʻmitasi raisi. 2020-yildan Buyuk davlat xurali (Mongoliya parlamenti) a’zosi vazifasini bajaruvchi.
Uxnaagiyn Xurelsux | |
---|---|
Ухнаагийн Хүрэлсүх | |
6-Mongoliyaning prezidenti | |
Mansab davri 25-iyun 2021-yildan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Luvsannamsrayn Oʻyun Erdene |
Oʻtmishdoshi | Xaltmaagiyn Battulga |
Mongoliya Bosh vaziri | |
Mansab davri 4-oktabr 2017-yildan – 27-yanvar 2021-yilgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-iyun 1968-yil Ulan-Bator, Mongoliya |
Fuqaroligi | Mongoliya |
Siyosiy partiyasi | Mongoliya xalq partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Bolorseseg (Болорцэцэг) |
Bolalari | 2 qiz |
Maʼlumoti | Mongoliya Milliy universiteti |
Vebsayti | khurelsukh.mn |
Mongoliya bosh vaziri (2017-yil oktyabrdan — 2021-yil 21-yanvargacha)[3]. Mongoliya Xalq partiyasi Bosh kotibi (2008—2012)[4].
Tarjimayi holi
tahrirYoshlik davrlari va taʼlim olishi
tahrir1968-yil 14-iyunda Ulan-Batorda tugʻilgan[4].
Ulan-Bator shahridagi 2-oʻrta maktabni, soʻngra 1989-yilda Mongoliya Mudofaa universitetini siyosiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. U Mongoliya Milliy universitetining Davlat boshqaruvi va boshqaruvini rivojlantirish institutida davlat boshqaruvi va huquq fakultetlarida1994 va 2000-yillarda tahsil olgan.
Harbiy sohadagi faoliyati
tahrirMo'g'uliston xalq inqilobiy armiyasining 152-diviziyasining siyosiy xodimi sifatida ishlagan. 1990-yilda hukumat harbiy hokimiyatni siyosatdan olib tashlashga harakat qilganda, partiya aʼzoligini saqlab qolish uchun xizmatdan chiqqan birinchi moʻgʻul zobiti boʻlgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirSiyosiy faoliyatini 1991-yilda Mongoliya Xalq inqilobiy partiyasi (MXIP) Markaziy Qoʻmitasining siyosiy xodimi sifatida boshlagan. 1994 hamda 1996-yillarda Mo'g'uliston parlamentidagi MXIP fraksiyasi kotibiyati maslahatchisi boʻlib ishlagan. U Mongoliya Xalq inqilobiy partiyasi yoshlar tashkiloti institutsional islohotlarining tashabbuskori va amalga oshirgan partiyaning yetakchi arboblaridan biri edi. U MXIPning Demokratik Sotsialistik Yoshlar Federatsiyasini tuzdi va ikki marta — 1997—1999 va 2000—2005-yillarda prezident boʻlib ishladi. 2000-yilda u MXIP boshqaruv kengashiga, 2008-yilda esa MXIP Bosh kotibi etib saylangan. 2010-yilda u sotsialistik partiyalar bilan birdamlik koʻrsatish maqsadida Komintern tavsiyasiga koʻra 1924-yilda „Mongoliya xalq inqilobiy partiyasi“ga oʻzgartirilgan „Mongoliya xalq partiyasi“ning asl nomini tiklash jarayonini himoya qildi. 2017-yil 21-noyabrda boʻlib oʻtgan partiya qurultoyida u 63 foiz ovoz toʻplab, ikkinchi nomzod Ulziysayxaniy Enxtuvshinni sezilarli darajada ortda qoldirib, partiya raisi etib saylandi[4].
U toʻrt marta — 2000, 2004, 2012 va 2020-yillarda Oliy Majlis (xurali) deputati etib saylangan.
2004—2006-yillarda — 2006—2008-yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri. 2014—2015 hamda 2016—2017-yillarda inspeksiya vaziri. Mongoliya Bosh vazirining oʻrinbosari 2017-yil 4-oktyabrda Davlat Buyuk Xurali Uxnaagiyn Xurelsux nomzodini bir ovozdan ma’qulladi va u bosh vazir boʻldi[4]. U 2021-yilning 21-yanvarida ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda issiq ustki kiyimsiz tugʻgan ayolni koronavirus bilan kasallanganlar kasalxonasiga olib ketayotgan videosi ortidan kelib chiqqan norozilik tufayli iste’foga chiqdi[5]. Buyuk davlat xurali Bosh vazirning iste’fosini mutlaq koʻpchilik ovoz bilan qabul qildi[3].
Keyin u 2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida 72 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi.
Izohlar
tahrir- ↑ „Новым президентом Монголии стал Ухнаагийн Хурэлсух“ (ru). vesti.ru. 2021-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
- ↑ „Ухнаагийн Хурэлсух вступил в должность президента Монголии“. ТАСС. 2021-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Парламент Монголии принял отставку премьера и его кабинета“. ТАСС (2021-yil 21-yanvar). 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „СМИ: премьер Ухнаагийн Хурэлсух избран председателем Монгольской народной партии“. ТАСС (2017-yil 22-noyabr). 2021-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
- ↑ „СМИ: премьер Монголии подал в отставку после скандала с матерью новорожденного“. ТАСС (2021-yil 21-yanvar). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.