Uxta — Komi Respublikasidagi shahar (1943 yildan). Uxt a daryosi va uning irmogʻi Chibyu boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 103 ming kishi (2002). 1931 yilda barpo qilingan. Neftgaz va neftni qayta ishlash sanoati markazi. Yetakchi korxonasi — neftni qayta ishlash zavodi; mexanika va taʼmirlashmexanika va boshqa zavodlari; mebel fabrikasi, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir necha ilmiy tadqiqot intlari, industriya instituti mavjud.

Vetlosyan ko'rinishi