Uy pashshasi, uy chivini (Musca domestica) — ikki qanotlilar turkumi haqiqiy pashshalar oilasiga mansub hasharot turi. Kattaligi 5–9 mm, keng tarqalgan sinantrop tur. Faqat odam yashaydigan joylarda uchraydi. Bir yilda 9 tagacha, jan.da 15 tagacha nayeli rivojlanadi. Urgʻochisi 2 oy yashab, 600 dan 2000 tagacha tuxum qoʻyadi. Hayot sikli (tuxumdan voyaga yetgan davrigacha) harorat va boshqa omillarga qarab 10 sutkadan 45 sutkagacha davom etadi. Qurtlari organik chirindilarda 10—45 kun davomida rivojlanadi. Uy pashshasi har xil oʻtkir ichak kasalliklari (ich terlama, ichburugʻ, vabo va gelmintlar tuxumlari)ni tarqatadi (yana q. Pashshalar).

uy pashasi

manbalar tahrir