Uyurma harakat — sutoqlik yoki gazning kichik elementlari (zarralari) faqat ilgarilanma harakat qilibgina qolmay biror oniy oʻq atrofida aylanishidan iborat harakati. Tabiatda uchraydigan va texnikada ishlatiladigan suyuklik va gaz okimining koʻp qismi Uyurma harakat qiladi. Trubadagi suvning harakati Uyurma harakatga misoldir. Devor sirtiga suyuqlik yopishishi tufayli uning shu nuktadagi tezligi nolga teng, lekin devor sirtidan uzokdashgan sari suyuqlik tezligi jadal oshib boradi, shuning uchun yondosh qatlamlarning tezligi birbiridan katta farq qiladi; pastki qatlamning sekinlashishi va yuqori qatlamning tezlashishi natijasida zarralar aylana boshlaydi, bu esa, oʻz navbatida, Uyurma harakatga olib keladi (1rasm). Havoning atmosferadagi uyurmalari koʻpincha katta oʻlchamlarga ega boʻlib, quyun va siklonlar hosil qiladi. Koʻprik ustunlari orqasida hosil boʻladigan suv uyurmalari, daryo oqimida hosil boʻladigan uyurmalar va hokazo bunga misol boʻla oladi. Uyurma harakat miqdori zarra aylanishining burchak tezligi bilan yu ifodalanadi va u zarraning oqimdagi koordinatasiga va vaqtga bogʻliq. <p vektor berilgan nuktadagi muhit uyurmasi deyiladi; agar oqimning maʼlum qismida S 0 boʻlsa, oqim uyurmasiz boʻladi.

Muhitda aylanayotgan zarralar uyurma naychalar yoki ayrim uyurma qatlamlar hosil qilishi mumkin (2rasm). Suyuqlikning ichida uyurma naychaning boshi va oxiri boʻlishi mumkin emas, ular tugashgan boʻlishi (uyurma halqa) yoki suyuqlikning chegarasida boʻlishi mumkin.

Qovushoq suyuqliklarda ishqalanish kuchi boʻlishi tufayli hosil boʻlgan uyurmalar oʻzining jadalligini oʻzgartira borib, astasekin soʻnadi. Suv va havoda qovushoqlik kam boʻlgani uchun uyurmalar nisbatan uzoq vaqt davom etishi mumkin; quyunlarning katta masofadagi boshqa joylarga koʻchishi bunga misol boʻladi.

Muhitda jism harakati natijasida paydo boʻladigan uyurmalar shu jismga taʼsir koʻrsatayotgan koʻtarish kuchining malum bir qismini va toʻqnashuvchi jismga qarshi yoʻnalgan qarshilik kuchi kattaligini belgilaydi. Uyurma harakat ni oʻrganish samolyot qanotlarini, havo parraklarini, turbina parraklarini hisoblash va loyihalashda katta ahamiyatga ega.