Uzlat (arab. — chekinish; kishilardan chetlashish; uzlat etish — yolgʻizlikni ixtiyor qilish) — xoli joy; tanholik; hech nimaga bogʻlanmaslik; dunyoning xilmaxil gʻavgolaridan forigʻlik. Muhammad (sav)ning Hiro togʻida oʻtkazgan U.dagi hayoti sufiylar uchun ibrat va namuna boʻlgan. Tasavvufda U. deyilganda shayx, pir, murshid rahnamoligida va uning koʻrsatmalariga binoan, muridning maxsus bir goʻshada berkinib, ibodat va zikr orqali Alloh bilan zohiran aloqa bogʻlashi tushuniladi. Kamida 40 kun davom qiladigan bu jarayonga "chilla oʻtirish" deyilgan. Tasavvufda hayotni batamom xilvatda oʻtkazish shartligi zinhor targʻib etilmagan. Tasavvufga koʻra, U. hayotdan qochish, kundalik turmushdan ajralib yashash, odamlardan bezish emas, balki maʼlum muddat ruhiy kamolotga erishib, yana faoliyatni davom ettirishdir.

Uzlatda bo`lingan davr uzlat davri deyiladi. Bu davrda, vaqtni his qilmay qo`yiladi. Bu davrdan oqilona foydalanib, faqatilm - fan bilan o`tkazish kerak. Uzlatga kirigan odamdan ko`p narsani umid qilish mumkin ! ! ! Uzlatdagi odam yangidan yangiliklar, yangi nazariyalar yaratishi mumkin...