Uzluksiz taʼlim

talim
(Uzluksiz Taʼlimdan yoʻnaltirildi)

Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri (qarang Taʼlimning milliy modeli), Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz ichiga oladi.

Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi; taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga oʻtilishi; taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi; taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; taʼlim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish.

Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.