Uzreport TV

Sport o'yinlarini translyatsiya qiluvchi yetakchi teleradiokompaniya

Uzreport TVOʻzbekistondagi nodavlat informatsion telekanal[1]. 2014-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston hududida efirga uzatilishi boshlangan[2]. Ushbu telekanal 1999-yilda tashkil etilgan «UzReport» informatsion agentligiga qarashli hisoblanadi. Dunyoning 100dan ortiq davlatida nomoyish qilinadi[manba kerak]. Telekanalni televizorga ulangan raqamli TV-tyuneri, internet, shuningdek Androidli planshet va smartfonlar orqali tomosha qilish mumkin.

UzReport TV
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti kunu-tun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i Oʻzbek tili
Rus tili
Ingliz tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 26-uy
Mazmuni axborot-maʼrifiy
Efirga chiqqan 28-aprel 2014
OAV guvohnomasi № 0605
Litsenziya № 0004217
Sayt uzreport.news

Telekanal oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tilini ham ishlatadi. Ushbu telekanalda har soatda yangilanib turadigan siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va sport yangiliklari uzatiladi. Shuningdek telekanal efirida analitik koʻrsatuvlar, har xil sohalar haqidagi koʻrsatuvlar, intervyular va boshqa maʼlumotlar yetkaziladi[3].

2017-yilda oʻzining yangi telekanali Futbol TV telekanalini ishga tushirdi.[manba kerak]

2018-yil 15-aprelda FIFA Jahon chempionati 2018 translyatsiya huquqini qoʻlga kiritdi[4].

Manbalar tahrir

  1. В Узбекистане запущен телеканал Uzreport TV - Новости Узбекистана - UzReport.uz, 2017-08-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-04
  2. Uzreport TV — телепроект ИА Uzreport.uz запущен в Узбекистане / Реклама в Узбекистане, рекламные агентства в Ташкенте, 2015-02-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-04
  3. Негосударственный телеканал "Uzreport TV" все более уверенно заявляет о себе - Kultura.uz
  4. UZREPORT telekanali jahon chempionatini translyatsiya

Havolalar tahrir