Uzun German (estoncha: Pikk Hermann; nemischa: Langer Hermann ) — Estoniya poytaxti Tallindagi Toompea tepaligidagi Toompea qal’asi minorasi[1].

Minoraning birinchi qismi taxminan 1371-yilda qurilgan. XV-asrning oxirida qayta qurish natijasida uning balandligi hozirgi (45,6 metr) koʻrinishiga koʻtarildi. 215 pogʻonadan iborat zinapoya minora tepasiga olib boradi[2].

Minora sobiq gubernator saroyi (hozirgi Estoniya parlamenti binosi) binolariga tutashgan va minora tepasida dengiz sathidan 95 metr[2] balandlikdagi bayroq Estoniyaning ramzlaridan biridir.

191 x 300 sm oʻlchamdagi davlat bayrogʻi Estoniya milliy madhiyasi ijro etilganda quyosh chiqishida (lekin ertalab soat 7 dan oldin) koʻtariladi va quyosh botganda (lekin kechki soat 22 dan kechiktirmasdan) tushiriladi. Pastga tushirilganda Gustav Ernesaks musiqasi va Lidiya Koidula soʻzlari yozilgan „Vatanim mening sevgim“ milliy qoʻshigʻini eshitishingiz mumkin.

Minora oddiy kunlarda tashrif buyuruvchilar uchun yopiq. Estoniya davlat bayrogʻining yubileyida oʻtkaziladigan Ochiq eshiklar kuni bundan mustasno — bu kuni hamma minora tepasiga koʻtarilishi mumkin[3]. Bundan tashqari, Estoniya parlamenti binosiga ekskursiya paytida minora ichiga kirishingiz mumkin.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Раадик Э.. Замок Тоомпеа, Достопримечательности Таллина. Таллин: Ээсти раамат, 1973.