Vače Situla (slovencha: situla z Vač, shuningdek, vaška situla) 19-asrning ikkinchi yarmida Sloveniya markazidagi Vače shahridagi Hallstatt arxeologik manzilgohidan topilgan temir davriga oid bezakli bronza idish (situla). U bunday idishlar orasida eng yuqori sifatda saqlangan va mamlakatning eng qimmat arxeologik artefaktlari qatoriga kiradi. Miloddan avvalgi 5-asrga oid[1] artefakt Sharqiy Hallstatt hududida topilgan shimoliy iliriyaliklarning eng qadimgi situla buyumlaridan biri hisoblanadi[2]. Idishda hukmron tabaqaning oddiy hayotini aks ettiruvchi, shuningdek, oʻsha davrdagi dunyoning diniy tushunchasini tasvirlab beruvchi uchta qator relyef belgilari mavjud[3]. Vače Situla Sloveniya milliy muzeyida saqlanadi.

Vače Situla

Izlanish

tahrir

Vače Situla 1882-yil boshida dehqon Yanez Grilc tomonidan topilgan (ogʻzaki anʼanaviy yil hisobiga koʻra 17-yanvarda, lekin katta ehtimol bilan oʻsha yilning martida). Situla 1.5 metr (4 fut 11 inches) chuqurlikdan qazib olingan. Oʻsha yili Carniola viloyat muzeyi (Kranjski deželni muzej) direktori Karel Dezmanga topilma haqida maʼlum qilishgan. Tarixiy artefakt muzey agenti tomonidan 18 florin va 20 kreuzerga sotib olingan. Keyinchalik muzey uning qiymatini taxminan 6000 floringa baholagan[1].

Tuzilishi

tahrir

Situlaning uzunligi 23.8 centimetr (9.4 in) boʻlib, bronza qavati bilan birlashtirilgan uchta alohida bronza mixparchinlaridan tayyorlangan. Tutqich qalin torkli simdan yasalgan va uchlarida oʻrdak boshi shakli tasvirlangan[4]. U toreutik texnikasi asnosida qilingan va muqaddas suvni saqlash uchun marosim idishi sifatida ishlatilgan boʻlishi mumkin. Idishning hajmi 2 litre (0.44 imp gal; 0.53 US gal) ni tashkil etadi[5].

Frizlari

tahrir

Situla uchta gorizontal parallel qatorlar bilan bezatilgan, ularda jangchilar, marosim janglari va hayvonlarning kichik figuralari relyef, boʻrtma tasvir yordamida tasvirlangan. Yuqorida otda va ikkita aravadagi, hamda piyoda jangchilarning tantanali yurishi tasvirlangan. Idish oʻrtasidagi tasvirlar asosiy voqeani koʻrsatib beradi: dastlab gʻallani qurbon qilish marosimi, keyin toʻrtta munosib vakilning oʻz taxtlarida oʻtirgan va har biri turli odamlardan sovgʻalar olgan bayram holati koʻrsatib berilgan. Shundan soʻng, kubok (uzun qirrali dubulgʻa shaklidagi qozon) uchun kurash marosimi tasvirlangan. Pastki qismda ketma-ket sakkizta hayvon tasviri bor: birinchisi hayvonning oyogʻini yutib yuborgan boʻri dumli sher, undan keyin uchta doʻst va toʻrtta echki[3]. Yuqoridagi ikki qator epopeyaga oʻxshash davomiylikni hosil qilgan. Idishning relyeflari etrusk sanʼatining taʼsirini oʻzida namoyon etgan[5].

Taʼsiri

tahrir

Ushbu situladan olingan kichik tasvirlar Sloveniya pasportida fon grafikasi sifatida ishlatiladi va mahalliy Vače arxeologik harakatining asosi hisoblangan bronza nusxasida besh marta kattalashtirilgan holda koʻrsatilgan. Arxeologik harakat davomida boshqa muhim yodgorliklar — Ronkar jarliklaridagi Reber, Nad Lazom va Drage hududlaridan topilgan temir davri qabristonlari (slovencha: Ronkarjeve drage), hamda Spodnja Krona va Zgornja Krona hududlaridagi qadimiy terassali turar-joy maskanlari aniqlangan.

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Božič, Dragan (2012). "Nova spoznanja o odkritju vaške situle [New Discoveries About the Vače Situla]" (sl). Življenje in texnika (Tehniška založba Slovenije) 63 (10). http://www.dlib.si/details/URN:NBN:SI:DOC-X4T52CWP. 
  2. Davorin, Vuga (1985). "Viri za zgodovino slovenske arheologije II [Sources for the history of Slovenian archaeology II]" (sl). Kronika: časopis za slovensko krajevno zgodovino (Historical Association of Slovenia) 33 (2/3): 107. URN:NBN:SI:doc-2LO05V8R.+ISSN 0023-4923. http://www.dlib.si/v2/StreamFile.aspx?URN=URN:NBN:SI:doc-2LO05V8R&id=3f94537f-f762-4d49-982d-82d9bc09337d&type=PDF. 
  3. 3,0 3,1 „Zakladi tisočletij: železna doba“ (sl). Institute of Archaeology, Scientific Research Centre of the Slovene Academy of Sciences and Arts. Qaraldi: 2014-yil 8-may.
  4. „Situla from Vače“. Društvo GEOSS. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-may.
  5. 5,0 5,1 Božič. „The Vače Situla Belonged to a Warrior with a Helmet“. Academia.edu (2013-yil 18-dekabr).

Havolalar

tahrir