Vadjrayana
Vadjrayana - Ilk buddaviylikning dharmalar tabiati haqidagi turli qarashlari natijasida yuzaga kelgan oqimlarning milliy qadriyatlar va boshqa dinlar bilan sintez ashishi va kengayishi natijasida vajrayana yo‘nalishi vujudga kelgan. Milodning V asrida Hindistonning Shimoliy-sharqiy qismi, keyinchalik Mo‘g‘uliston, Buryatiya, Qalmiqistonda buddaviylikning yangi vajrayana (“olmos g‘ildirak”) yo‘nalishi paydo bo‘lgan. Vajrayananing qonun-qoidalari “tantra”larda aks etgan. Tantra (makr-hiyla, sehrgarlik) ta’limotiga ko‘ra, inson mikrokosmos, uning tanasi kosmosga o‘xshash, undagi moddalar ham bir xil, urug‘lanish holatini takrorlash bilan tabiatning himmatini yaratish yoki kuchaytirish mumkinligi e’tirof etiladi. Tantra marosimlari yogalar amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq va inson maxsus ruhiy tana mashqlarini bajargandan keyin undagi hayotiy kuch uyqudan uyg‘onib, inson umurtqa pog‘onasining quyi qismidan yuqori qismiga ko‘tarilib, insonda g‘ayritabiiy kuch hosil bo‘ladi. Tantra inson koinotni bir parchasi ekan, o‘zini bilgan koinotni ham, yaratuvchisini ham biladi, degan fikrga amal qiladi.Vajrayanada kasalliklar maxsus ruhiy tana mashqlari orqali davolash yo‘lga qo‘yilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 110.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |