Valaxiya — Ruminiyaning janubidagi tarixiy viloyat. Karpat togʻlari bilan Dunay daryosi oraligʻida joylashgan; Olt daryosi V.ni oʻrtasidan ikkiga (Munteniya va Olteniya) ajratadi. V. 14-asrdan knyazlik, 16-asrdan Turkiya hukmronligi ostida. Adrianopol sulh shartnomasi (1829 yil)ga koʻra, amalda muxtoriyat huquqini olgan (1856 yilgacha Rossiya vasiyligida boʻlgan). 1859—61 yillarda Moldova bilan yagona davlat boʻlib birlashgan (1862 yil yanvardan — Ruminiya knyazligi).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil