Valentina Pavlovna Goncharova (1991 -yil 3-iyul; Yelabuga) – rossiyalik gandbolchi, Rossiya terma jamoasi va „Dinamo-Sinara“ klubining chiziq oʻyinchisi. „Dinamo-Sinara“ (5 marta) va „Astraxanochka“ (1 marta) bilan olti karra Rossiya chempioni. 2010-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali va 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori.

Biografiyasi

tahrir

Volgograd gandbol maktabi tarbiyalanuvchisi Valenina 2010-yildan beri eng nomdor „Dinamo-Sinara“ klubi tarkibida besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 2014/2015-yilgi mavsumda Goncharova birinchi mavsumda bronza medallarini qoʻlga kiritgan „Astraxanochka“ tarkibida oʻynashni boshlagan. Superligada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va Rossiyaning olti karra chempioniga aylangan[1][2].

2016-yil yozida Krasnodarning „Kuban“ klubi bilan shartnoma imzolaydi va yangi jamoaga Rossiya chempionatining „bronza“sini qoʻlga kiritgan. 2017-yilda Turkiyaning „Izmir“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu yerda bir mavsum oʻynagan. Qisqa tanaffusga chiqqan va 2018/2019-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida yana „Kuban“ da oʻynagan va bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2019-yilning yozidan Valentina Goncharova „SSKA“ klubi gandbolchisi. Tugʻruq taʼtilida boʻlganiligi uchun 2020-yildan 2022-yilgacha klubda oʻynay olmaygan. 2022-yil mart oyida „Dinamo-Sinara“ga qaytgan.

Jamoadagi faoliyati

tahrir

Rossiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Valentina ikki marta yirik xalqaro turnirlarda sovrindor boʻldi. 2009-yilda Yevropa chempionatining bronza medalini va bir yildan soʻng yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir