Valentina Aleksandrovna Lebedinskaya (ballod) – balandlikka sakrash sport turi boʻyicha sovet va oʻzbek yengil atletikachisi. 1971-yildan Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabida yengil atletika boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan.

Valentina Lebedinskaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Tavallud sanasi 1-iyun 1937-yil[1]
Samarqand, SSSR
Vafot sanasi 23-mart 2014-yil(2014-03-23)
(76 yoshda)
Toshkent
Boʻyi 169 sm
Vazni 62 kg
Sport
Qaysi sport Balandlikka sakrash

Biografiyasi tahrir

Valentina Lebedinskaya 1937-yil 1-iyunda Samarqandda tugʻilgan.

Faoliyati tahrir

U Vnuchkova Mariya Mixaylovna bilan yengil atletika boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan, keyin Bariyshev Viktor Illarionovich bilan shugʻullangan. Valentina yengil atletikaning balandlikka sakrash sport turi boʻyicha Oʻzbekistondagi birinchi sport ustasi hisoblanadi. Valentina 1956-yilda SSSR xalqlarining birinchi Spartakiadasida balandlikka sakrash bahslarida 168 sm natija bilan chempion boʻldi. Spartakiada davomida u oʻzining individual „yon toʻlqin“ uslubidan foydalandi. Ushbu musoboqadan soʻng Melburnda boʻlib oʻtadigan 1956-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoa tarkibiga kiritildi. Valentina 1956-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1,60 m natija bilan oʻn birinchi oʻrin boʻldi[2]. U 1957-yilda Parij Butunjahon Universiadasida sovrindor boʻldi (ikkinchi oʻrin – 160 sm). Turin Butunjahon Universiadasida kumush medalni qoʻga kiritdi (173 sm, 1959-yil). Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni va rekordchisi hisoblanadi. Valentinaning shaxsiy rekordi 174 sm smni tashkil etadi. Ushbu natijani 1961-yilda koʻrsatgan.

1959-yilgi SSSR xalqlari Spartakiadasida 171 sm balandlikka sakradi va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natija orqali 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi. 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1,58 m natija bilan oʻn beshinchi oʻrinni egalladi.

Uning shogirdlari orasida Osiyo oʻyinlari sovrindorlari, koʻp karra Osiyo chempionlari Anastasiya Juravleva (Kirbyateva) va Nadiya Dusanovalar bor[3].

Valentina Aleksandrovna 2014-yil 23-mart kuni Toshkentda vafot etdi.

Manbalar tahrir

  1. „Lebedinskaya V“. www.Sports-Reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.
  2. „Лебединская В.А.“. uzathletics.uz. 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
  3. „Lebedinskaya V.A.“. www.uzathletics.uz. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.

Havolalar tahrir