Valeriy Aleksandrovich Fadeyev (ruscha: Вале́рий Алекса́ндрович Фаде́ев, 1960-yil 10-oktyabr) – rossiyalik jurnalist va jamoat arbobi. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik palatasining sobiq kotibi.

Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1960-yil 10-oktyabr
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi „Yedinaya Rossiya“
Mukofotlari „Vatanga xizmatlari uchun“ medali, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorligʻi, „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni

Hayoti

tahrir

Valeriy Fadeyev 1960-yili Toshkentda tavallud topgan. 1983-yilda Moskva fizika-texnika institutining boshqaruv fakultetini tamomlab, SSSR strategik raketa kuchlarida xizmat qilgan[1]. 1988–1990-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Energetika ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. 1993—1995-yillarda esa Yevgeniy Yasinning oʻrinbosari boʻlib, Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi Ekspert instituti direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

19982017-yillar oraligʻida jurnalistlar hamjamiyatida „Ekspert“ jurnalining bosh muharriri, 2014–2018-yillarda „Perviy kanal“ boshlovchisi va „Vremya“ dasturining (2016-yil 4-sentyabrdan iyungacha) bosh muharriri sifatida tanilgan[2].

U Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi aʼzosi boʻlgan. 2019-yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi hamda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti kengashi raisi boʻlgan[3].

Valeriy „Yedinaya Rossiya“[4] siyosiy partiyasi liberal platformasi koordinatori hamda Strategik tashabbuslar agentligining yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha ekspertlar kengashi raisi boʻlgan[5]. Bundan tashqari, Butunrossiya Xalq fronti „Kachestvo povsednevnoy jizni“ ishchi guruhi rahbari, Rossiya hukumatining uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻyicha idoralararo ishchi guruhi aʼzosi va Jamoatchilik instituti direktori bo'lib faoliyat yuritgan[6].

Faoliyati

tahrir

Jurnalist

tahrir

19921995-yillarda „Kommersant“ nashriyotining „Kommersant-Weekly“ jurnalida ekspert hamda ilmiy muharrir boʻlib ishlagan. 19951998-yillarda „Ekspert[7][8]“ haftalik tahliliy jurnali ilmiy muharriri, keyinchalik bosh muharrirning birinchi oʻrinbosari boʻlgan[9]. 1998-yil 18-fevraldan „Izvestiya“ gazetasi bosh muharririning birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Jurnalist 1998-yil noyabridan 2017-yil yozigacha „Ekspert“ jurnalining bosh muharriri, shuningdek, Expert media-xolding aksiyadori (12,9%) va bosh direktori boʻlgan[10].

Teleboshlovchi

tahrir

Fadeyev 2014-yilning oktyabr oyidan 2016-yil iyun oyigacha Rossiyaning Birinchi kanalida „Struktura momenta“ ijtimoiy-siyosiy tok-shousining boshlovchisi boʻladi[11]. 2016-yil sentyabrdan 2018-yil iyungacha „Perviy kanal“ning haftalik yangiliklar dasturi – „Voskresnoye vremya“ („Yakshanba vaqti“) boshlovchisi boʻlib ishlagan[12]. U Fuqarolik palatasidagi ishi tufayli televideniyeni tark etib, televideniyedagi ishini yarim kunlik ish deb taʼriflagan[13].

Sanksiyalar

tahrir

2021-yil 18-iyunda Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshiladi[14].

2023-yil 25-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida Ukraina suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi harakatlari uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan[15].

2023-yil 2-martda Shveytsariyaning sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshilgan[16].

Oilasi

tahrir

U „Ekspert“ media xoldingi aktsiyadori va „Ekspert“ jurnali bosh muharriri Tatyana Igorevna Gurova (1963-yil 16-aprelda tugʻilgan) bilan oila qurgan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor[17].

Mukofotlari

tahrir

Rossiya Federatsiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda axborotni qoʻllab-quvvatlagani va jamoatdagi faoliyati uchun Fadeyev 2008-yil 23-aprelda II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan[18].

Mahalliy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun 2010-yil 14-oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorligʻiga sazovor boʻlgan[19].

Valeriy Aleksandrovich hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning umumiy axborot makonini shakllantirish va rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2015-yil 16-aprelda MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonida „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[20].

Manbalar

tahrir
  1. „«Жизнь всегда проще, если понимаешь, как и что происходит». Как федеральные телеканалы скрыли от россиян информацию о нападениях в школах“ (ru). Meduza (2018-yil 21-yanvar).
  2. Ковалёв Алексей. „Время уныния“ (ru). The New Times (2016-yil 26-sentyabr). 2017-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  3. „Валерий Фадеев назначен председателем СПЧ“ (ru). Финам (21-oktyabr). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
  4. „Фадеев Валерий Александрович“. Единая Россия. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-noyabr.
  5. „Наблюдательный совет | Agentstvo strategicheskix initsiativ“. Agentstvo Strategicheskix Initsiativ. 2016-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-mart.
  6. „Фадеев Валерий Александрович“ (ru). Onf.ru. 2016-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-mart.
  7. Елизавета Ефимович. „ВЭБ отсудил у главного редактора журнала «Эксперт» 751 млн руб.“ (ru). РБК (29 июня 2020). 2021-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
  8. Анна Исакова. „Валерий Фадеев больше не руководит "Экспертом"“ (ru). Ведомости (17 июля 2017). 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.
  9. Новости, Р. И. А. „Привалов: название "Эксперт" придумал я“ (ru). РИА Новости (16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  10. Анастасия Якорева, Андрей Перцев.. „Лицо, которым открывают двери. История Валерия Фадеева — либерала-государственника, ведущего Первого канала и (формально) главного правозащитника страны“. Meduza (2019-yil 29-oktyabr). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-fevral.
  11. Narodniy front predlojil sozdat goskompaniyu po likvidatsii dolgov v JKX
  12. „"Первый канал" нашел замену Ираде Зейналовой в итоговой программе "Время"“ (russian). Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  13. „«Я подрабатывал на Первом канале». Валерий Фадеев ушел с поста ведущего программы Воскресное время“ (ru). Gazeta.ru (2018-yil 5-sentyabr).
  14. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №265/2021 Про рішення Ради національної безпеки і оборони України від 18 червня 2021 року «Про застосування персональних спеціальних економічних та інших обмежувальних заходів (санкцій)»“.
  15. Council Decision (CFSP) 2023/432 of 25 February 2023 amending Decision 2014/145/CFSP concerning restrictive measures in respect of actions undermining or threatening the territorial integrity, sovereignty and independence of Ukraine (inglizcha), 2023-02-25, qaraldi: 2023-04-04
  16. SECO. „Massnahmen im Zusammenhang mit der Situation in der Ukraine“ (de). www.seco.admin.ch. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  17. „Фадеев, Валерий Александрович“. ТАСС. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  18. „Указ Президента Российской Федерации от 23 апреля 2008 года № 553 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2019-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  19. „Распоряжение Президента Российской Федерации от 14 октября 2010 года № 685-рп «О поощрении»“. 2018-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-noyabr.
  20. „Постановление Совета Межпарламентской Ассамблеи государств — участников Содружества Независимых Государств от 16 апреля 2015 года № 22 "О награждении почётными знаками Межпарламентской Ассамблеи государств — участников Содружества Независимых Государств «За заслуги в развитии культуры и искусства», «За заслуги в развитии печати и информации», «За заслуги в развитии физической культуры, спорта и туризма»“ (deadlink). 2017-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-iyul.

Havolalar

tahrir