Valhalla -(Skandinav afsonalariga koʻra Valhöll.)[1] tangrilarning diyori sanalgan Asgardda joylashgan keng va ulkan maskan yoki qabulxona (zal) hisoblanadi.[2] Valhalla Odin tomonidan boshqariladi. Bu yerda Odin jang asnosida qahramonlarcha halok boʻlgan jangchilar sharafiga doimiy marosimlar uyushtiradi. Ushbu marosimda shaxsan Odinning oʻzi ham ishtirok etadi. Jangda qatnashmasdan tinch oʻlim topganlar Valhallaga qabul qilinmaydi. Bundan tashqari tugʻruq vaqtida oʻlgan ayollar ham Valhallaga qabul qilinishi aytiladi. Ayol yoki erkak boʻlishidan qatʼi nazar barcha Valhallaga birdek qabul qilinadi. Jang maydonida qahramonlarcha oʻlgan jangchilar - Einherjar degan nom olar va Valkiriyalar (bokira jangchilar) tomonidan Valhallaga olib kelinar edi.[3]

Valhalla zalining tasviri
Max Brucknerning Valhalla surati. 1896 yil


Valhalla tasviriTahrirlash

Valhalla qadimgi Skandinav tilida foydalanilgan Valhöll soʻzidan olingan boʻlib, qatl qilinganlarning, qurbonlarning maskani degan maʼnoni bildiradi. Valhallada uyushtiriladigan ziyofatga Schrimnir (yovvoyi toʻngʻiz)ning goʻshti tortiq qilinar edi. Yovvoyi toʻngʻiz goʻshti hammaga yetadi va har tongda kesib olingan joylari oʻz holiga qaytadi. Jangchilar ichimlik oʻrnida echki sutidan tayyorlangan Heidrum sharobidan ichishadi.[4] Ziyofatdan tashqari kunlarda jangchilar bir-birlari bilan jang qilib, bundan maroqlanishadi. Har kuni otlar ustida parcha-parcha boʻlgunga qadar jang qilishadi. Ammo biroz vaqt oʻtib, yaralari tuzalib, oʻz holiga qaytadi. Shundan soʻng yana ziyofat boshlanadi.

Vikinglar falsafasiTahrirlash

 
Helhiem — Vikinglar doʻzaxi. Sharafi bilan oʻlmagan jangchilar maskani. Muallif: H.A.Guerber.

Vikinglar jangari xalq boʻlganliklari tufayli tasavvurlaridagi afsonaviy qahramonlar, jangchilar hamda jangda halok boʻlib, ulugʻlangan insonlarni qattiq hurmat qilishar edi. Jangdagi shavqatsizliklari sabab boshqa xalqlar tomonidan „varvar“ deb atalgan Vikinglar hech shubhasiz diniy ishonchlari sababli qoʻrquvni butunlay unutishgan edi. Chunki ularning olamida oʻlimni yengishning yagona yoʻli qahramonlik va jasorat hisoblanardi. Oʻlish yoki oʻldirish ularning dunyoqarashida yomon holat emas, balki gʻurur masalasi edi. Bir Vikingning oʻlimi qanchalar qahramonlikka toʻlgan yoki qanchalik azob ostida oʻtgan boʻlsa, u shunchalik ulugʻlanishi, u haqida afsonalar, qoʻshiqlar va dostonlar yaratilishi kerak boʻlardi.

Vikinglar uchun Valhallaga borish juda muhim sanalardi. Chunki, faqat sharafli jangchilargina u yerga kira olishardi. Agar aksi boʻlsa, Helheimning sovuq va qorongʻu yer osti dunyosida sarson va sargardonlikda qolib ketishlariga ishonishardi.[5] Valhallada boʻlish nafaqat sharafli balki, maʼsuliyatli ham edi. Shu sababli vikinglar Valkiriyalardan jang qilish saboqlarini olib, Ragnarok (oxirat) kunida roʻy berishi kerak boʻlgan ulkan jangning kelishini kutishardi.

ManbalarTahrirlash

  1. For analysis and discussion, see Orel (2003:256, 443) and Watkins (2000:38).
  2. Valhalla Archived 2018-04-21 at the Wayback Machine. andom House Webster’s Unabridged Dictionary.
  3. Hall, John R. (2020-07-04). Red, White, and the Blues: A Long and Hard Ride over Treacherous Terrain. ISBN 978-1735078724.
  4. Larrington (1999:253-254).
  5. Laia San José Beltrán, Quienes fueron realmente los vikingos, Quarentena, 2015, ISBN 978-84-16229-16-1 p. 306.

Qoʻshimcha adabiyotlarTahrirlash